TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Asal va qora sedana iste’mol qilish bemorga koronavirus infeksiyasini yengishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida e’lon qilindi.
Xalqaro mutaxassislar guruhi COVID-19 bilan o‘rtacha va og‘ir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Ishtirokchilarning bir qismi har kuni tana vazniga bir gramm asal va 80 milligramm qora sedanani, qolgan qismi esa – platsebo ichishdi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ushbu ikki mahsulotni qabul qilish bilan o‘rtacha va og‘ir darajadagi simptomlarni 3 va 7 kun ichida yengillashishiga olib keldi va organizmdan virusni 4 kun oldin chiqarib tashlashga yordam berdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, asal va qora sedana kombinatsiyasini iste’mol qilish hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmadi, uni yakka o‘zini yoki boshqa COVID-19 muolajalari bilan birgalikda ishlatish mumkin.