"Mendirman Jaloliddin" filmi yuzasidan “O‘zbekkino” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan "O‘zbekkino" Milliy agentligida o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgan.

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Bosh prokuratura tomonidan "O‘zbekkino" Milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi "a" bandi va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Serviz za pobedu v Kannax: Uzbekkino pozdravili Shokira Xolikova - Sputnik O‘zbekiston
Kann festivalidagi g‘alaba uchun serviz: “O‘zbekkino” Shokir Xoliqovni tabrikladi

Mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan "O‘zbekkino" Milliy agentligida o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgan.

Tergov jarayonida, "O‘zbekkino" Milliy agentligining faoliyatiga tegishli hujjatlar olinib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan taftish tayinlangan.

Aniqlanishicha, 2018-yilning 22-iyunida "O‘zbekkino" Milliy agentligi hamda "Best organaizer" MChJ o‘rtasida "Menman, Jaloliddin" nomli film yaratish haqida dastlabki shartnoma tuzilib, shartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln. so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura: “O‘zbekkino” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan

Lekin, ushbu filmni suratga olish ishlari "Mendirman, Jaloliddin" nomi bilan Turkiyadagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni ishlab chiqarish harajatlari budjetdan emas, balki boshqa homiylar tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, "O‘zbekkino" Milliy agentligidan ajratilgan mablag‘lar filmni ishlab chiqarish uchun sarflanmagan va bugungi kunda budjetga qaytarilgan.

Shuni alohida qayd etish joizki, tergov harakatlari davomida 2020-yil 3-oktabr kuni taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan "Mendirman, Jaloliddin" filmiga tegishli hujjatlar olinmagan hamda ushbu filmni ishlab chiqargan shaxslarning jinoyat ishiga hech qanday aloqadorligi yo‘q, deb ta’kidlab o‘tgan Bosh prokuratura axborot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0