TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Xalqaro Kann festivali Gran-prisini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yosh rejissor Shokir Xoliqovga “O‘zbekkino” serviz sovg‘a qildi.
Bu haqda rejissorning o‘zi Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan. Biroq hozirda ushbu post o‘chirib tashlangan, deb xabar beradi Repost.
© Repost.uzServiz za pobedu v Kannax: "Uzbekkino" pozdravili Shokira Xolikova
Serviz za pobedu v Kannax: "Uzbekkino" pozdravili Shokira Xolikova
© Repost.uz
Kann festivali doirasida Xoliqov o‘zining “Choy” nomli qisqa metrajli filmini taqdim etgan. Taqdimot imkoniyati cheklangan insonlarning dolzarb muammolariga jamoatchilik e’tiborini tortishga qaratilgan ENTRE 2 Marches loyihasi doirasida o‘tkazilgan.
16 daqiqa davom etadigan “Choy” filmi davomida insoniylik, oqko‘ngillik va qariyalarga nisbatan rahm-shafqat haqida so‘z boradi.