Bosh prokuratura: “O‘zbekkino” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan “O‘zbekkino”da o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgan.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. “O‘zbekkino” Milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan “O‘zbekkino”da o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgan.

Tergov jarayonida “O‘zbekkino” faoliyatiga tegishli hujjatlar olinib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan taftish tayinlangan.

Aniqlanishicha, 2018-yil 22-iyunda “O‘zbekkino” MA hamda “Best organaizer” MChJ o‘rtasida “Menman Jaloliddin”nomli film yaratish haqida dastlabki shartnoma tuzilib, shartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln. so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Operator i assistent na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olinmoqda

Lekin, ushbu filmni suratga olish ishlari “Mendirman Jaloliddin” nomi bilan Turkiyadagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni ishlab chiqarish xarajatlari budjetdan emas, balki boshqa homiylar tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, “O‘zbekkino” Milliy agentligidan ajratilgan mablag‘lar filmni ishlab chiqarish uchun sarflanmagan va bugungi kunda budjetga qaytarilgan.

“Shuni alohida qayd etish joizki, tergov harakatlari davomida 2020-yil 3-oktabr kuni taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan “Mendirman, Jaloliddin” filmiga tegishli hujjatlar olinmagan hamda ushbu filmni ishlab chiqargan shaxslarning jinoyat ishiga hech qanday aloqadorligi yo‘q”, - deyilgan xabarda.

3 oktabr kuni Toshkentda sarkarda, Chingizxondek yovga mardonavor qarshi chiqqan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha tashkilotchilari O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Best organizer” MChJ. Serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0