"Bepisand bo‘lmang": RF bosh sanitar vrachi emlangunga qadar ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

CC0 / Pixabay / Gerd Altmann / Koronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVIDga chalinishdan insonni qoidalarga amal qilish himoyalaydi, ammo bu holat muntazam bo‘lishi lozim - aks holda birorta davlatda sog‘liqni saqlash tizimi bardosh bera olmaydi

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Yangi koronavirus epidemiologiyasi u yoki bu ma’noda tushunarli - bu holat qaror qabul qilish uchun yetarli, dedi Rospotrebnadzor rahbari, RF bosh davlat sanitar vrachi Anna Popova "Rossiya segodnya" XAA media-markazida o‘tkazilgan "Sog‘lom jamiyat" forumida.

Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda COVID-19ga chalinish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

"Mavsumda virus yana Shimoliy yarimsharni qamrab oldi. U inson populyatsiyasida birinchi yil sirkulyatsiya qilmoqda, uning agressivligi boisi ham shunda. Unga hech narsa qarshilik ko‘rsatmayapti - odamlar bahorda mutlaqo steril edi, hozirda muayan immunitet qatlami paydo bo‘ldi. Koronavirus bilan har bir uchrashuv immunitet reaksiyasi va antitanachalar hosil bo‘lishi bilan yakunlanmoqda: kimdadir kasallik orqali, kimdadir - simptomlarsiz", - deb tushuntirdi Popova.

Vrach ta’kidiga ko‘ra, hozirgi vaqt koronavirus uchun - mavsum sanalib, kasallikka chalinish xatari amalga oshmoqda.

"Hozirda vaksinalar soni u qadar ko‘p emas, uni ishlab chiqarish endi-endi amalga oshmoqda, shu bois barcha uchun himoyalanish juda muhim. Butun dunyoda vaziyat bir xil - biz kasallikkacha vaksinatsiya bosqichigacha yetib borishimiz kerak. Bu hozir eng muhimi", - deb qayd etdi Popova.

Shkola - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus pandemiyasi sababli maktablar yopilishi samarasiga baho berdi

Popovaning aytishicha, virus epidemiologiyasi shundayki, u insondan insonga va ayrim holatlarda - iflos predmetlar orqali o‘tadi.

"Biz bu yuqish yo‘llarini uzishimiz, virusga rivojlanishga to‘sqinlik qilishimiz, vaksina olgunga qadar o‘z salomatligimizni asrashimiz lozim. Hozirda kasallanish xavfi o‘ta yuqori - mavsum bor va insoniy befarqlik bor: men bunga yo‘l qo‘ymayman, qo‘shnim - ha, duch keladi, lekin men - yo‘q. Umuman olganda, hamma qo‘shnilarim sog‘lom, demak, bu sodir bo‘lishi mumkin emas. Biz aynan befarqlikka qarshi kurashmog‘imiz kerak", - dedi Rospotrebnadzor rahbari.

Popovaning ta’kidlashicha, insonni kasalliklardan qoidalarga amal qilish himoyalaydi, ammo u muntazam bo‘lishi kerak.

Brifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik V vaksinasi 85 % odamlarda yengil qabul qilinmoqda - Ginsburg

"Agar odam niqobda yurgan bo‘lsa, kechasi esa katta kompaniyada kasallangan odam bilan o‘tirsa, u holda u ertasi kuni o‘tirishning barcha ishtirokchilari bilan COVIDni yuqtirgan bo‘ladi. Hozir shunday bir davrki, muntazam o‘z-o‘zini nazorat qilish shart. Agar o‘zimizni barcha talablarni bajarishga odatlantirmasak, majbur etmasak, birorta davlatning sog‘liqni saqlash tizimi bu kasallikka qarshi kurashishga qurbi yetmaydi", -deb xulosa qildi Popova.

Yil boshidan Xitoyda tarqalgan koronavirus infeksiyasi pandemiyasi deyarli barcha davlatlarni qamrab oldi. Dunyoda 43,6 millionta kasallanish holatlari qayd etilgan. Qurbonlar soni 1,1 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.

30 million kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Avgust oyida Rossiya sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus profilaktikasiga xizmat qiluvchi dunyodagi birinchi "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Bugungi kunda uni ro‘yxatga olish va malakalash jarayonini tezlashtirish uchun BSSTga ariza yo‘llangan.

Yangiliklar lentasi
0