TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Maktablar yopilishi – koronavirus pandemiyasiga qarshi kamta’sirli chora, deya bayonot qildi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge.
"Maktablarning yopilishi infeksiyaga qarshi kurashda ko‘pam samarali emas, shu bois, ularni ochish lozim. Ayniqsa, hayotiy qiyin sharoitdagi bolalar katta ta’sirda qolmoqda", - deb yozdi Klyuge o‘zining Twitterdagi sahifasida.
COVID-19ga chalinish holatlari ko‘payayotgani munosabati bilan, BSST yevropa bo‘limiga tegishli tavsiyanomalar kelib tushmoqda, deb ta’kidladi u.
Koronavirus infeksiyasi bilan bemorlangan insonlar sonining keskin ortishi Yevropa davlatlarini cheklov choralarini qat’iylashtirishga majbur etdi. Xususan, Chexiyada 5-oktabrdan favqulodda holat rejimi amal qilmoqda, mamlakat maktablari yopilgan. Germaniyada eng keskin choralar Bavariyaning Berxtesgadener-Landesida kiritilgan, bu yerda bolalarga uzrli sabablarsiz uydan tashqariga chiqish ta’qiqlangan, maktablar ham faoliyat yuritmayapti.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini pandemiya, deb e’lon qilgan edi.