TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni “e’tiqodga malomat yog‘dirishni bas qilishga” chaqirdi va uni odamlarni terrorizmga Fransiya hukumatining hozirgi xatti-harakati va shaxsan mamlakat prezidenti undayotgani haqida ogohlantirdi.
Qodirovning ta’kidlashicha, Makron payg‘ambarga chizilgan hajviy rasmlar dindorlar tomonidan qanchalik og‘ir qabul qilinishini bilmaydi. U o‘zining xatti-harakatlari bilan olovni o‘chirmayapti, aksincha uni alanga oldirmoqda.
Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Makron va Yevropa mamlakatlarining boshqa yetakchilari “din”, “madaniyat”, “axloq” kabi tushunchalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lmas ekan, ularning davlatlarida munosib kelajak va tartib bo‘lmaydi. Dinga bo‘lgan tahqirli munosabat, uning ustidan kulishni ular so‘z erkinligi deb hisoblashadi, biroq o‘zlari boshqa kishilar qadriyatlariga chang solishadi.
“Hozircha kech emas ekan, e’tiqodga malomat yog‘dirish va ig‘volarni bas qil, Makron. Bo‘lmasa tarixga ahmoqona qarorlarni qabul qilgan prezident sifatida kirasan. Sening hajviy rasmlarni chop qilish haqidagi absurd pozitsiyaningni nafaqat butun dunyo musulmonlari, balki sog‘lom fikrli har qanday boshqa din vakillari ham qoralamoqda”, - deya yozgan Qodirov o‘zining telegram kanalida.
U e’tiqod ustidan kulish Parij yaqinidagi o‘qituvchining ayanchli taqdiriga sabab bo‘lgan deb hisoblaydi.
“Nima ham derdim, Makron, agar sen uni terrorchi deb atasang, unda sen yuz karra yomonsan, axir sen terrorizmga majburlayapsan, odamlarni unga undamoqdasan, tanlov qoldirmayapsan, yoshlar miyasida ekstremistik g‘oyalar ekishga sharoit yaratmoqdasan. Sen qo‘rqmasdan o‘zingni mamlakatingda terrorizmning lideri va ilhomlantiruvchisi deb aytishing mumkin”, - deya so‘zlariga yakun yasagan u.
Avvalroq Makron Fransiyada separatizmga qarshi kurash borasida katta nutq bilan chiqish qildi va respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9-dekabrda taqdim etilishini aytgan edi.
Parij musulmon davlatlaridan fransuz tovarlari boykotini to‘xtatishni talab qildi
Makron Fransiya musulmonlar kengashi bilan birgalikda, mamlakatda "ma’rifatli islomni" qurishga yordam beradigan tashkilotni yaratish zaruriyati g‘oyasini ilgari surdi. Bunday harakatlarga Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgan va keyinchalik bu harakati uchun o‘ldirilgan o‘qituvchi hodisasi sabab bo‘lgan edi.
Charlie Hebdo karikaturalari uchun qasos: Parijda o‘qituvchi boshidan judo qilindi
Xususan, Makron Fransiya bunga o‘xshash hajviy suratlarni chop etishni davom ettirishini tasdiqlagan edi.