TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 214 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 881 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 99 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 168 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 63 044 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 2 281 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 556 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
3 ta avtobus
22 oktabr kuni fuqarolarni RFdan olib kelish maqsadida “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketgan edi. Avtobuslar manzilga yetib bordi.
Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinmoqda. Ayni damda Qozog‘iston hududida bo‘lgan avtobuslar bir necha soatlardan so‘ng O‘zbekistonga kirib keladi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 43,8 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,2 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (9,0 mln), Hindistonda (7,9 mln), Braziliyada (5,4 mln).