Rossiyada koronavirusga qarshi kurashish choralari kuchaytirildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishMasochniy rejim v Moskve
Masochniy rejim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor Rossiyada butun mamlakat bo‘ylab niqob taqish tartibini joriy etdi. Restoranlarning soat 23:00 dan soat 06:00 gacha ishlashini taqiqlash tavsiya qilindi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rospotrebnadzor rossiyaliklarga odam gavjum joylarda, transportda, parkovka va liftlarda niqob taqib yurishni buyurdi. Tegishli qaror 28-oktabrdan kuchga kiradi.

Meditsinskiy rabotnik  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada rekord darajada COVID-19 bilan kasallanish qayd etildi

Shuningdek, Rossiya bo‘ylab ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish va restoranlarning soat 23:00 dan soat 06:00 gacha ishlashini taqiqlash tavsiya qilindi.

Transport, taksi, do‘konlar, restoranlar va teatrlarda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish kuchaytirilishi kerak. Mintaqalar koronavirusga test o‘tkazish hajmini oshirishlari zarur.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,5 milliondan oshgan. Shulardan 1,1 millioni tuzalib ketgan. 26,5 mingdan ziyod kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0