“Vektor” markazi vaksinasi noyabrda 43 ming kishida sinovdan o‘tadi

© Press-slujba Rospotrebnadzora / Mediabankka o‘tishVaksina ot koronavirusa "EpiVakKorona"
Vaksina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yaqinda uchinchi vaksina paydo bo‘ladi: "Sputnik V" va "EpiKakKorona"dan tashqari Chumakov nomli immunobiologiya markazi vaksinasi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiyaning “Vektor” vorusologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan "EpiVakKorona"vaksinasi ro‘yxatga olinganidan so‘ng o‘tkaziladigan sinovlarga tayyorlanmoqda.    

“Bir necha mustaqil sinovlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda: 18 yoshdan oshgan ko‘ngillilar, mutlaq sog‘lom va surunkali kasalligi bo‘lganlar hamda katta yoshlilar orasida. Dastlabki tanlovda 3 ming kishi ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichda 40 ming kishi, jumladan, 150 nafar 60 yoshdan katta va 14-17 yoshli ko‘ngillilar”, - deyilgan xabarda.

“Rospotrebnadzor” xabariga ko‘ra, ruxsatnoma olinganidan so‘ng ko‘ngillilarni taklif qilish boshlanadi. Sinovlar noyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Vakisnani ishlab chiqarish esa allaqachon boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 11-avgust kuni "Sputnik V" vakisnasini ro‘yxatga olgan edi. Oktabr oyining boshida "EpiVakKorona" – COVID-19ga qarshi ikkinchi  vaksina ro‘yxatga olingan edi.

Ayni damda Rossiyada uchinchi vaksina ham klinik sinovlar darajasida. RFAning Chumakov nomidagi immunobiologik markazi tomoniidan yaratilgan vaksina SARS-CoV-2 virusi asosida ishlab chiqilgan. Maxsus ishlov berilgan virus o‘zining infeksion xususiyatlarini yo‘qotib – immunitet uyg‘otish xususiyatiga ega bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0