TOShKENT, 27 okt —Sputnik. Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar bir oydan ortiq davom etmoqda. Shu vaqt davomida tinchlik o‘rnatishga qaratilgan uchta urinish samarasiz bo‘ldi. Amerikaliklar ham hududda tartib o‘rnatishga harakat qilishdi, lekin ularga ishonuvchi kam.
Amerikacha uyg‘onish
“AQSh Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklarining hamda YeXHT Minsk guruhi rahbarlarining samarali muzokaralarida yordam berdi. Bizning harakatlarimiz Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaroni hal qilishga qaratilgan”, - deb bayonot berdi Davlat Departamenti. Bu mojaroni to‘xtatishga qaratilgan uchinchi urinish edi.
Rossiya ishtirokida tuzilgan oldingi ikki kelishuv ham buzilganini hisobga olgan holda, Mayk Pompeo o‘z nomidan quyidagi kafolatlarni bergan edi: “Zograb Mnatsakanyan va Djaxun Bayramov (Armaniston va Ozarbaydjon TIV rahbarlari) tinchlik shartlarini bajarishga va’da berishdi”.
Donald Tramp ham Tog‘li Qorabog‘ mojarosini boshqarishda qiziqishi borligini ko‘rsatdi. Nyu-Gempshir shtatida so‘zga chiqqan AQSh prezidenti Kavkaz urushiga barham berishni va’da berdi. “Nega bo‘lmasin? Menimcha, nima qilishni bilgan kishi uchun bu - oson ish”, - degan edi u.
Nyu-Gempshir shtati kimga ozvoz berishi aniq hal qilinmagan shtatlardan hisoblanadi. Shu sababli o‘ziga ko‘proq ovoz olish uchun AQSh prezidenti saylovchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildi.
"Armanlarga qarang – ular juda yaxshi odamlar. Bu hudud uchun ular juda ko‘p jang qilishdi. Ular juda mehnatsevar xalq. Biz ularga yordam beramiz. Biz Serbiya va Kosovoga o‘z muammolarini hal qilishda yordam berdik. Tog‘li Qorabog‘ga ham yordam beramiz. Maqsadimiz – inson hayotlarini saqlab qolish”, - dedi AQSh prezidenti.
Armaniston va Ozarbayjon xalqlarini muzokara o‘tkazishga chaqirish harakatlari Rossiya prezidenti tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. “Vashington, mojaroni hal qilishda biz bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladi deb umid qilaman”, - dedi Vladimir Putin.
Muzokaralar buzilishi
Gumanitar tinchlik 26-oktabr mahalliy vaqt bilan soat 8da kuchga kirgan bo‘lsa, yarim soat o‘tib tomonlar kelishuvlar buzilgani haqida xabar berishdi.
Ozarbayjon tomon Armaniston Qurolli kuchlarini Terter va boshqa aholi punktlarini o‘qqa tutishda aybladi. Armaniston esa Ozarbayjonni “to‘qnashuv chizig‘inining shimoli-sharqiy yo‘nalishini” o‘qqa tutishda ayblashdi.
Tushga yaqin tan olinmagan Qorabog‘ respublikasi ham uchinchi tinchlik kelishuvlari buzilganini xabar qildi. Stepanakert Boku Martuninsk tumanidagi qishloqllardan biriga raketa zarbasi berishda aybladi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Tog‘li Qorabog‘ rahbari Araik Arutunyan tinchlikni saqlash tartibiga amal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev vaqtinchalik tinchlikka rozi bo‘ldi va tinchlik o‘rnatish jarayonida ishtirok etayotgan xalqaro tomonlarni betaraf bo‘lishga chaqirdi.
“Agar ular o‘t ochish to‘xtatilishni istasa, Armanistonga bizning hududlarni tark etishni aytishsin. Agar bu amalga oshmasa - biz oxirigacha boramiz”, - dedi Ozarbayjon rahbari.
Sergey Lavrov ham Tog‘li Qorabog‘ mojarosining “tashqi ishtirokchilariga” murojaat qildi. Jumladan u Turkiyani Kavkazdagi ta’sirini ishga solishga chaqirdi. “Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyud Chavushoglu bilan muzokaralar o‘tkazdik. Anqarani tinchlik muzokaralari yo‘lidan borishga undayapmiz”, - dedi TIV rahbari.
Turk o‘yinlari
YeXHTning Minsk guruhi ham tomonlarni yarashtirish harakatlarini to‘xtatmayapti. Payshanba 29-oktabr kuni ular Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. RIA Novosti murojaat qilgan ekspertlar ushbu muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonqiramay qarashmoqda.
“Muzokaralarda mojaro tomonlarining qiziqishi bo‘lishi kerak. Hozircha bu kuzatilmayapti. Ozarbayjon tomon Tog‘li Qorabog‘ni qayta-qayta o‘qqa tutishni yangidan boshlamoqda. Armaniston hududiga esa dronlar uchib kelishda davom etmoqda. Bu – Bokuning to‘xtash niyati yo‘qligini bildiradi”, - deydi Armaniston Hududiy izlanishlar ilmiy xodimi Djonni Melikan.
Uning fikriga ko‘ra, Yerevan YeXHTning Minsk guruhi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, lekin Ozarbayjon tomonida bo‘lgan Turkiya jarayonga xalal bermoqda.
“Moskva, Vashington, Parij - tinchlikka chaqirmoqda. Anqara esa qarshilik ko‘rsatmoqda va Bokuni qurolli to‘qnashuvga yo‘naltirmoqda. Shu bilan birga Turkiya Minsk guruhiga hamrais sifatida qo‘shilish niyati borligini ma’lum qilmoqda. Agar bu sodir bo‘lsa – ushbu format yakson qilinadi”, - deb xulosa qilmoqda ekspert.
Amerika tashabbusi
Rossiyalik kavkazchi olim Nurlan Gasimov xulosasiga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga AQSh aralashuvi eng boshidan – hech qanday natijaga olib kelmasligi aniq edi. Ikkala tomon ham vaqtinchalik tinchlikdan foydalanib qo‘shinlarni yaqinroqqa olib kelish va o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab olish uchun foydalanib qolishdi.
“Lachin koridori uchun qaqshatqich janglar ketmoqda. Agar Ozarbayjon uni egallab olsa Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ orasida bevosita aloqa uziladi. Bu esa hududda vaziyatni mutlaq o‘zgartiradi. Boku Lachinga juda ko‘p kuch tashlagan, hozir Ozarbayjon uchun tinchlik shartnomasi tuzish – foyda keltirmaydi”, - deydi Gasimov.
Ekspert fikriga ko‘ra, tinchlik o‘rnatish jarayoniga Vashingtonning faol ishtiroki - hozir Amerikada davom etayotgan saylovoldi kamrpaniyasi bilan bog‘liq, lekin yangi ma’muriyat saylanganidan so‘ng ular Janubiy Kavkaz hududiga bir zumda qiziqishni yo‘qotadi.
“Vashington tomonidan qilingan yagona taklif 1999-yilda bo‘lgan edi. O‘shanda Ki-Uestda bo‘lilb o‘tgan uchrashuvda AQShlik muzokarachi Pol Gobl tomonlarga hududlar bilan almashishni taklif qilgan edi. Unga ko‘ra Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi 7ta tuman Ozarbayjonga qaytarib berilishi, Tog‘li Qorabog‘ va Lachin koridori esa – Armanistonga o‘tishi kerak edi. O‘shanda bu taklifga na Boku na Yerevan rozi bo‘lgan edi”, - deydi ekspert.
AQShning 90-yillardagi tinchlik tashabbuslarini ko‘proq Kavkaz hududidagi neft sohasiga kiritilgan sarmoyalarini himoya qilishga qaratilgan harakat deb baholaydi ekspert.
“O‘shanda G‘arb Janubiy Kavkaz hududida gaz va neft quvurlari qurishga ko‘p mablag‘ tikkan edi. Ozarbayjon neftiga Yevropada Rossiya neftining muqobili sifatida qaralayotgan edi. Urush ushbu rejalarga xalal berishi mumkin edi. Lekin Gobl rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng Vashington tinchlik o‘rnatish missiyasini to‘liq Rossiyaga topshirdi", — deydi Gasimov.
Moskva bilan konsensus
AQSh va Kanadani o‘rganish instituti katta ilmiy xodimi Pavel Koshkin ham amerikaning tinchlik o‘rnatish harakatlarini saylovoldi tashviqotlar bilan bog‘laydi.
“Tramp uchun ko‘p sonli arman diasporasi ovozlarini olish juda muhim. Shu sababli u mojaroni hal qilishda yordam berishni va’da qilmoqda. Saylovdan so‘ng Vashington Kavkaz haqida yana unutadi”, - deydi ekspert.
AQShning Tog‘li Qorabog‘ mojarosidan uzoq yillar davomida o‘zini chetda tutishiga sabab – ular ushbu mojaroni judda oddiy deb qabul qilishida. AQSh ushbu muammoni hech qachon chigal deb qabul qilmagan. Ukraina yoki Gruziyadagi vaziyatdan farqli o‘laroq ravishda, bu borada AQSh har doim Moskva bilan konsensusda bo‘lgan”.
Oq uy yangi rahbari kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Tog‘li Qorabog‘ga bo‘lgan qiziqish - marginal (kam) darajada qoladi, lekin muhimi shunda-ki, bu mavzuda Vashington Moskva xulosasiga ishonadi.