Lavrov Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralar tiklanishini cho‘zmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSituatsiya vokrug Nagornogo Karabaxa
Situatsiya vokrug Nagornogo Karabaxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari Rossiya Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlar har ikki taraf tomonidan so‘zsiz bajarilishiga umid qilayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlar har ikki taraf tomonidan so‘zsiz bajarilishiga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Qabul qilingan qarorlar har ikki taraf tomonidan so‘zsiz bajarilishiga umid qilamiz”, - dedi Lavrov Moskvada Armaniston TIV rahbari Zograb Mnatsakanyan bilan muzokaralardan so‘ng.

Shuningdek, Lavrov Qorabog‘dagi vaziyatni tartibga solishga oid siyosiy muzokaralar tiklanishining cho‘zilishi noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po ekonomicheskim voprosam - Sputnik O‘zbekiston
Putin Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

“Biz bundan keyin (uch tomonlama maslahatlashuvlardan so‘ng) qanday oldinga siljish borasida fikr almashdik. Bu barcha masalalar tez va bir vaqtning o‘zida hal bo‘lishini anglatmaydi. Jarayon lozimligini tushunamiz, lekin siyosiy muzokaralar tiklanishining cho‘zilishini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar 27-sentabr kuni boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini harbiy harakatlarni boshlashda ayblamoqda. Armaniston harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Ozarbayjon esa qisman harbiy holat va safarbarlik joriy etdi.

9 oktabr kuni Moskvaga Rossiya prezidenti taklifiga binoan Armaniston va Ozarbayjon TIV rahbarlari keldi. Ular rossiyalik hamkasbi bilan 10 soatdan ziyod muzokaralar o‘tkazishdi. Natijada Yerevan va Boku 10-oktabr soat 12:00 dan boshlab Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga, asirlar va halok bo‘lgan tanalari bilan o‘zaro almashishga kelishib oldi. Ammo 10-oktabr kuni tomonlar bir-birini kelishuvni buzishda aybladi.

Yangiliklar lentasi
0