TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Ozarbayjon va Armaniston tomoni Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Senor Asratanga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
"Muzokaralar natijasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim bugun soat 12:00dan (Toshkent vaqti bilan soat 14:00) boshlab kuchga kirdi", deydi Asratan.
Bundan oldinroq, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi hukumatida hududdagi o‘t ochish harakatlarini ikki tomonlama to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar uchun kelishuv tayyorlanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
© Vahan Stepanyan / PAN Photo / AFPTog‘li Qorabog‘dagi ahvol
© Vahan Stepanyan / PAN Photo / AFP
Obuna bo‘lish
Muzokaralar natijasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim bugun soat 12:00dan boshlab kuchga kirdi.