TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Eronning "Vatane Emruz" ("Vatan bugun") gazetasi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni shayton ko‘rinishida tasvirladi. Bu surat Makron Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni Fransiya hukumat binolarida ilib chiqish haqidagi qaroridan so‘ng paydo bo‘ldi.
Fransuz yetakchisi karikaturasi gazetaning old sahifasiga "Parij iblisi" sarlavhasi bilan chop etilgan. Makron qizil aft, uchli quloqlar, yovuz nigoh va so‘yloqtishli bir ahvolda tasvirlangan.
Nashr bosma hamda onlayn-formatda chiqqan.
"Le diable de Paris": Macron caricaturé en Une d'un quotidien iranienhttps://t.co/roeE6ntZV3 pic.twitter.com/yFRD0AJqcf
— BFMTV (@BFMTV) October 27, 2020
Ilgariroq Eron tashqi ishlar vazirligi "fransiya rasmiy shaxslari payg‘ambarga chizilgan tahqirlovchi karikaturalarni qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlayotganiga" protest ramzi sifatida fransuz diplomatini chaqirtirgan edi. Idora Fransiya hukumatining bu singari pozitsiyasini qoraladi va nomaqbul deb topdi.
Oktabr oyi boshida Makron Fransiyadagi diniy separatizmga qarshi katta nutq bilan chiqish qilgan va respublika qadriyatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9-dekabrda taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.
Fransiya yetakchisi "Fransiyani chet el ta’siridan ozod etish" va masjidlar moliyalashtirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi xususida fikr bildirdi.
Sal oldin, Fransiya prezidenti, Charlie Hebdo satira jurnalida sentabr boshida Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarga izoh berar ekan, mamlakatda shakkoklik qilish erkinligi mavjudligini alohida ta’kidlagan edi. Tarix muallimi Samuel Pati qotilligidan so‘ng Makron Fransiyada karikaturalar chop etilishidan voz kechilmasligini ma’lum qildi.