Dunyoda

Qodirov: Charlie Hebdo karikaturalarining matbuot erkinligiga dahli yoʻq

© Sputnik / Said Tsarnayev /  / Mediabankka oʻtishRamzan Qodirov
Ramzan Qodirov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Janjalli karikaturalari bilan mashhur frantsuz hajviy jurnali oʻz saytida Rossiyaning Tu-154 samolyoti halokatiga bagʻishlangan karikaturani joyladi

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Frantsiyaning Charlie Hebdo jurnali karikaturalarining matbuot erkinligiga aloqador joyi yoʻq, deb bayonot qildi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.

Rossiya Bolalar xorining Kreml saroyida chiqishidan - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Rossiya birgina qoʻshiqlari bilan dunyoni zabt etishi mumkin - shaxsiy fikr
RIA Novosti nashri xabariga koʻra, janjalli karikaturalari bilan mashhur frantsuz hajviy jurnali oʻz rasmiy saytida Rossiyaning Tu-154 samolyoti halokatiga bagʻishlangan karikaturani joylagan. Eslatib oʻtamiz, Qora dengizga gʻarq boʻlgan samolyot bortida Aleksandrov nomidagi qoʻshiq va raqs ansamblining 64 nafar artisti boʻlgan.

Karikaturada qulayotgan samolyot, uning fonida esa "a-a-a-a" deya davomli tovush chiqarayotgan ansambl artisti tasvirlangan.

Rasm tagiga "Qizil armiya repertuari kengaymoqda" deb yozib qoʻyilgan.

"Frantsiyaning Sharli Ebdo jurnali Gʻarb "demokratiyasi va soʻz erkinligi" aslida nima ekanligini navbatdagi bor namoyon qildi. Nashr Tu-154 aviahalokati va Rossiya elchisining Anqarada otib oʻldirilishi hodisalariga karikatura eʼlon qilgan. Men ilgari ham aytganman, hozir ham takrorlab oʻtaman: jurnal tahririyati siyosati mutlaqo ahloq normalaridan yiroq, fosiq va insoniylikka yot. Uning matbuot erkinligiga bevosita ham bilvosita ham aloqadorligi yoʻq", — deb yozgan Qodirov oʻzining Instagramdagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0