Ona orzusi: Jasur Jaloliddinovning muvaffaqiyat yo‘li

© Iz lichnogo arxiva Jasura JaloliddinovaJasur Jaloliddinov
Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil yozida o‘zbek futbolchisi Jasurbek Jaloliddinov Rossiyaning “Lokomotiv” klubiga o‘tdi. Transfer o‘zbek va rus sporti dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Sputnik hozir ijara huquqi asosida “Tambov”da to‘p surayotgan futbolchining muvaffaqiyati tarixini so‘rab bildi.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Marina Chernishova-Melnik. O‘zbekistonning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri Jasur Jaloliddinov 2020-yil yoz oyidan buyon nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar diqqatini o‘ziga qaratmoqda. U Rossiyaga kelgandan so‘ng u haqidagi xabarlar OAVda tez-tez paydo bo‘la boshladi.

Ona orzusi va hayotini o‘zgartirgan taklif

Jasurbek Navoiyda tavallud topgan. Bolakayning onasi o‘g‘li futbolchi bo‘lishni orzu qilardi. Uning eng yaxshi ko‘rgan futbolchisi “Liverpul”, "Manchester Yunayted" va "Real Madrid"da to‘p surgan taniqli angliyalik hujumchi Maykl Ouen edi. Ming afsuski, Jasurbek go‘daklik chog‘ida onasi vafot etdi, biroq uning orzusini o‘g‘li baribir ro‘yobga chiqardi.

Poluzashitnik Jasur Jaloliddinov iz kluba Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik eng kelajagi porloq TOP-60 futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi

“Uyimiz oldida katta stadion bor edi, men u yerda barcha bo‘sh vaqtimni o‘tkazardim. Katta yoshli futbochilar jamoasi mashg‘ulot o‘tkazardi. Avvaliga barcha o‘yinlar va mashg‘ulotlarni katta qiziqish bilan kuzatardim, keyin o‘zim to‘p o‘ynashga urinib ko‘rdim. Tez orada kattalar menga e’tibor qaratishdi va o‘rgata boshlashdi. Juda harakat qilardim, ko‘p shug‘ullandim, vaqt o‘tib meni jamoaga qabul qilishdi”, - deydi Jasurbek.

Jaloliddinov 8 yoshga to‘lganida uning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Navoiyda “Bunyodkor” akademiyasining respublika turniri bo‘lib o‘tayotgan edi. Jasur to‘p surayotgan mahalliy jamoa poytaxtning mashhur klubiga qarshi o‘ynadi. Ular yutqazishdi, raqib murabbiyi esa iste’dodli futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi va turnirdan so‘ng uni o‘z jamoasiga o‘tishni taklif qildi. Bolakay o‘zida yo‘q xursand edi, axir “Bundodkor” mamlakatdagi eng yaxshi sport akademiyalaridan biri sanaladi. Biroq mashg‘ulotlar uchun Toshkentga ko‘chish kerak edi.

“Buvim meni qo‘yib yuborishni xohlamas edi. Axir men kichik bir bola edim, uyda ikki tog‘am menga g‘amxo‘rlik qilardi, poytaxtda esa hech qanday qarindosh va tanish yo‘q edi. Lekin men ketishni juda ham xohlardim: bu katta imkoniyat ekanini anglardim. Uyda men yig‘ladim, natijada buvim taqdirga tan berdi”, - deya eslaydi futbolchi.

Poytaxtdagi hayot va debut

Toshkentda u respublikaning turli shaharlaridan kelgan bolalar yashaydigan “Bunyodkor” akademiyasiga joylashdi. Jasur oddiy mahalliy maktabda tahsil olgan, lekin asosiy vaqtini mashg‘ulotlarda o‘tkazgan. Akademiyada eng kichigi u edi, qolgan o‘yinchilar 8-9-sinflarda o‘qishardi. Qahramonimiz bir muammoga duch keladi: rus tilini bilmasdi va bu mashg‘ulot jarayoniga xalal berardi. Gap shundaki, jamoa murabbiyi rusiyzabon edi va barcha darslarni bu tilda olib borardi. Shu bois har bir o‘yinchi rus tilini bilishi shart edi, Jasur esa avvaliga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni tushunmasdi.

© FK "Bunyodkor"Jasur Jalollidinov na trenerovke v FK "Bunyodkor"
Ona orzusi: Jasur Jaloliddinovning muvaffaqiyat yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Jalollidinov na trenerovke v FK "Bunyodkor"

U tilni o‘rgana boshladi va jamoadoshlari bilan hamisha bu tilda so‘zlashib, muvaffaqiyatga erishdi. Hech qanday dars olib, kursga qatnamagan. Faqat til muhitiga sho‘ng‘igan holda o‘rgangan. Kattaroq yoshdagi o‘yinchilarga boshida u adashib qolmasligi uchun Jaloliddinovni bir o‘zini sayr qilishga qo‘yib yubormaslik topshirilgan.

Jasur qariyb o‘n yil “Bunyodkor” sharafini himoya qildi. U ham mahalliy, ham respublika, ham xalqaro turnirlarda qatnashardi. Jamoa tarkibida Ukraina, Malayziya va boshqa mamlakatlarga borgan. Jamoa ishtirok etgan turnirlarda u eng yaxshi bombardir deb topilardi.

16 yoshida futbolchining faoliyatida yangi buralish yuz berdi: u “Bunyodkorning” “Paxtakorga” qarshi birinchi o‘yinida qatnashdi. U zaxiradan maydonga tushib, yarim soatdan ziyod o‘ynadi. O‘zini munosib ravishda ko‘rsatdi, o‘yindan so‘ng asosiy jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov Jasurbekni o‘z jamoasiga chaqirdi.

“U shunchaki men birinchi jamoa yashayotgan akademiyaning uchinchi qavatiga ko‘chishimni aytdi. Men ajoyib bir shok holatida edim. Axir ular men avvallari so‘rashishni orzu qilgan bolalar. Endi esa mening hamkasblarim va bir maydonda to‘p suramiz. Lekin murabbiy men mehnat qilishim va bosar-tusarimni bilmasdan qolmasligim kerakligini aytdi. Birinchi o‘yinlarda men zaxirada o‘tirib kuzatardim. Keyin Mirjalol Qo‘shoqovich maydonga chaqirdi. Men chigilni yozishdan keyin endi formamni kiygan edim, ... 8 daqiqada tomoshabinlar qarshida to‘p surdim. O‘zbekiston chempionatidagi ilk o‘yinim shunday kechdi. Bularning bari imkonsiz bo‘lib tuyulardi, men juda baxtiyor edim. Men milliy chempionat tarixida eng yosh futbolchi bo‘ldim”, - deydi Jaloliddinov.

Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Jaloliddinovning “shedevr” golini tomosha qiling

2010 yilda klubga Vadim Abramov, O‘zbekiston milliy terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi rahbarlik qildi. U Jasurni deyarli har bir o‘yinda asosiy tarkibda maydonga chiqarardi. Abramov unga ishonardi va hamisha qo‘llab-quvvatlardi.

“Hatto men yomon o‘ynaganimda, men ishonchga sazovor emasman deb o‘ylardim. Lekin menga baribir imkoniyat berishardi. Mavsumning uchinchi o‘yinida men gol urdim va o‘zbek futboli tarixida eng yosh gol muallifiga aylandim. O‘tgan mavsumda men hamisha maydonga tushardim va O‘zbekiston chempionatida meni eng yaxshi yosh o‘yinchi deb topishdi”, - deya yodga oladi u.

Transfer va Rossiya klubi

Yosh va iqtidorli futbolchi har yerda ko‘zga tashlanadi. So‘nggi yillarda turli jamoa murabbiylari Jaloliddinovga qiziqish bildirishdi, uning transferi haqida so‘rashdi. Lekin avvaliga hammasi agentlar bilan muzokaralar darajasida edi. Bahor oyida qahramonimiz u Moskvaning “Lokomotiv” rahbari nazariga tushganini bilgan. O‘zi ilgari bu jamoa o‘yinlarini kuzatmagan.

“Vatandoshimiz Eldor Shomurodov “Rostov”ga o‘tgandan keyin butun O‘zbekiston Rossiya futbolini kuzatishni boshladi”, - deya aniqlik kiritdi futbolchi.

Joriy yil yozida yosh o‘yinchining “Lokomotiv”ga transferi to‘g‘risida rasmiy taklif kelib tushdi. “Bunyodkor”da moliyaviy qiyinchiliklar bor edi, so‘nggi yil faqat akademiya tarbiyalanuvchilari qolgandi. Shuning uchun klub uning transferiga rozilik bildirgan.

Yangi jamoada Jasurni yaxshi qarshi olishdi, buning ustiga u yerda allaqachon ko‘plab legionerlar bor edi. Sportchi o‘zbek va rus futboli o‘rtasidagi farqqa e’tibor qaratgan: uning respublikasida o‘yin texnikasiga katta e’tibor qaratiladi, Rossiyada esa kuchga e’tibor katta.

Poluzashitnik Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada uchinchi o‘zbek legioneri paydo bo‘ldi

Afsuski, “Lokomotiv”ning joriy mavsumida Jasur zaxirada bo‘ldi va maydonga tushmadi.

“Albatta, transfer vaqtida hech kim mening yangi jamoadagi pozitsiyaim haqida kafolat bera olmaydi. Men darhol asosiy tarkibda o‘ynamasligimni bilgan edim, xolos. Lekin hech kisi yo‘q, hammasi oldindi. Shomurodov ham “Rostov” sharafini himoya qilish uchun darhol maydonga tushmagan edi, qariyb bir yil zaxirada edi”, - deydi Jasur.

Oktabrda “temiryo‘lchilar” uni “Tambov”ga ijaraga berib yubordi. Hozir jamoa stadion tayyor emasligi sabab Saranskda o‘z maydonidagi bahslarni o‘tkazmoqda. O‘zbekistonlik futbolchi “Dinamo-Bransk”ga qarshi kechgan o‘yinda debut qildi.

Joriy mavsumda futbolchi keyingi yil “Lokomotiv”ga yuqori tayyorgarlik bilan qaytish uchun o‘z oldiga ko‘proq o‘ynash va tayyorligini oshirishni maqsad qilib qo‘ygan.

“Mamlakat chempionatida ishtirok etmoqchi bo‘lsang, jamoangda o‘zingni yaxshi ko‘rsatishing kerak”,  - deb ishonadi Jasur.

Uning uchun maydondagi eng qulay pozitsiya yarim himoyaning o‘ng qanoti hisoblanadi.

O‘zbekcha osh va kumirlar

Sportchi bo‘sh vaqtlarini uyda kompyuter o‘yinlarini o‘ynash bilan o‘tkazadi. Ba’zan shahar bo‘ylab sayr qiladi.

U haqiqiy o‘zbek sifatida hayotini oshsiz tasavvur qila olmaydi. Haftasiga kamida bir marta mahalliy kafega oshxo‘rlikka boradi.

Igrok FK Lokomotiv Jasur Jaloliddinov (sprava) - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Jaloliddinov rasman “Lokomotiv”dan “Tambov” klubiga o‘tdi

“Bunyodkor”da o‘yindan bir kun oldin hamisha osh tanavvul qilardik, dam olish kunlari ham. Bu yerda agentlardan maslahat so‘radim: yaxshi o‘zbek restorani qayerda bor? Ular topishdi va men bu yerda vatanimni eslash uchun kelaman. Choyxonada vatandoshlarimni ko‘rish yoqimli. Ular men futbolchi ekanimni bilishadi va hamisha iliq qarshi olishadi”,  - deydi sportchi.

Mavsumning birinchi yarmi “Tambov” uchun 18-dekabrda yakunlanadi. Yosh futbolchi bo‘sh vaqtini vatanida, Navoiyda o‘tkazmoqchi. U buvisi va tog‘alarini sog‘ingan.

Eldor Shomurodov o‘zbek futbolidagi uning kumiridir. Ular ba’zan gaplashib turishadi, Shomurodov vatandoshiga maslahatlar berib turadi.

Rossiyalik futbolchilardan yaqinda Italiyaning “Atalanta” klubiga o‘tgan va “Lokomotiv”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk.

“U menga o‘xshab chapaqay. Uning o‘yin uslubi, hamisha o‘rganish va mahoratini oshirish ishtiyoqi yoqadi. Intervyularimning birida Alekseyni juda hurmat qilishimni aytganman. Shundan so‘ng u mening oldimga kelib so‘rashdi va o‘shandan buyon mashg‘ulotlarda yordam berdi”, - deydi u.

Asosiy maqsadlaridan biri xorijda ulkan sport yutuqlarini qo‘lga kiritishdir.

Yangiliklar lentasi
0