Rossiyada uchinchi o‘zbek legioneri paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Jasur Jaloliddinov bilan imzolangan shartnoma  5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u jamoada 23 raqami ostida to‘p suradi.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Rossiyaning yetakchi futbol klublaridan biri bo‘lgan “Lokomotiv” jamoasi o‘zbekistonlik 18 yoshli istiqbolli futbolchi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma imzoladi.

Shartnoma  5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib Jasur jamoada 23 raqami ostida to‘p suradi.

Albatta men Lokomotiv haqida ancha narsa bilaman. Tranfergacha jamoa tarixini o‘rgandim, chempionlik haqidagi filmni tomosha qildim, jamoada qaysi futbolchilar to‘p surishini bilaman, - deydi Jasur. Aleksey Miranchuk bilan tanishmoqchiman, bizning uslubimiz o‘xshash, uham chap oyoqda o‘ynaydi. Hozir biroz hayajonlanayapman, lekin o‘yin boshlanganda hayajon yo‘qoladi.

Jasur Jaloliddinov 2020-yilning 15-mayida tug‘ilgan. “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, asosiy jamoaga 16 yoshida kiritilgan edi va O‘zbekiston chempionatida eng yosh futbolchi bo‘lgan edi. “Bunyodkor” jamoasi uchun 32 ta match o‘tkazib 3ta gol urgan va uchta natijali uzatma bergan.

Futbol. RPL. Match Lokomotiv — Ufa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yosh futbolchiga Rossiyaning yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda

Jamoada markaziy va hujumchi yarim himoyachi o‘rinlarida to‘p surgan. Shuningdek o‘ng va chap vinger va markaziy hujumchi o‘rinlaridan ham o‘ynagan. Jasur 2020-yilning 23-fevralida O‘zbekiston terma jamoasi safida Belorusga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushgan edi.

2019 yilda Britaniyaning Guardian nashri Jaloddinovni 2020-yilda tug‘ilgan dunyoning “60ta yosh talantlari ro‘yxatiga kiritgan edi”.

Ma’lumot uchun, Jaloliddinov Rossiyada to‘p surayotgan uchinchi o‘zbek legioneri bo‘ladi. Shu kunga qadar Eldor Shomurodov "Rostov"  jamoasida va Oston urunov "Ufa" jamoasida to‘p surib kelayotgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0