TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi o‘zbekistonlik Jasur Jaloliddinov faoliyatini “Tambov”da davom ettiradi. Bu haqda “Tambov” futbol klubi saytida xabar qilindi.
“Tambov” 18 yoshli Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasurbek Jaloliddinovni ijaraga oldi. O‘yinchi bilan shartnoma joriy mavsum oxiriga qadar tuzilgan”, - deyilgan xabarda.
Jaloliddinov yangi jamoada 7 raqam ostida to‘p suradi.
«Tambov” arendoval poluzashitnika moskovskogo «Lokomotiva” Jasurbeka Jaloliddinova! 📌
— FK «Tambov” (@fctambov68) October 13, 2020
Soglashenie s 18-letnim igrokom rasschitano do konsa tekushego sezona.
Vistupat za nashu komandu Jasurbek budet pod 7-m nomerom.
Dobro pojalovat, Jasur!
Podrobnosti ➡ https://t.co/RC1qQjQIbQ pic.twitter.com/snFUraTpcH
Avvalroq “Lokomotiv” legionerlarga qo‘yilgan limit tufayli Jasurni Rossiya chempionati qaydnomasidan o‘chirgan edi. Shuningdek, temiryo‘lchilar Chempionlar Ligasi qaydnomasiga ham o‘zbekistonlik futbolchini kiritmadi.
Jasur Jaloliddinov 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan. U debut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019-yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan.