O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar ham, shunday afsonaviy tashabbuslarni berayotgan yetakchilarga qarshi o‘ynamoqda.
Svetlana Tixanovskaya tomonidan Aleksandr Lukashenkoga ikki hafta oldin taqdim etgan "ultimatum" muddati yakshanba kuni tugaydi.
Belarus hukumati uning talablarini bajarishga tayyor ekanligidan darak beruvchi hech qanday belgilar kuzatilmayapti, "Prezident Sveta" va’dasiga binoan, dushanba kunidan boshlab Belarusda butun mamlakat bo‘ylab umumxalq tartibsizliklar xaosiga tushib qolishi, yo‘llar to‘sish va do‘konlarda sotuvlar qulashi kerak.
Biroq, voqealarning ushbu rivojlanishi har kuni tobora fantastik ko‘rinadi.
Ko‘rinib turibdiki, bu vaziyatdan eng kam yo‘qotish bilan chiqib ketish haqida bosh qotirayotgan muxolifatning koordinatsion kengashida ham gumon qilinmoqda.
Uning a’zolaridan biri Pavel Latushkoning aytishicha, ultimatum muddati tugashi bilan qo‘lning ozgina harakati bilan "xalq" ultimatumiga aylanadi, ular o‘z faolligini oshiradilar. Shunda hech qanday majburiyat bermaydigan va sharhlash uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadigan juda qulay ta’rif.
Ammo Belarusda tobora ravshan bo‘lib borayotgan namoyishlarning muvaffaqiyatsizligini faqat ichki omillar bilan bog‘lash noto‘g‘ri bo‘lar edi, garchi ular albatta katta rol o‘ynaydi.
Rangli inqilob hodisasining keng miqyosda badnom etilishi paytida Belarus muxolifati (va uning chet eldagi kuratorlari) hokimiyatni ag‘darishni boshlashi omadsizlikka uchradi.
O‘n yarim yil davomida u - bu hodisa - ko‘plab davlatlarning hukumatlariga haqiqiy tahdid va bir vaqtning o‘zida muxolifat uchun ilhom manbai bo‘ldi. Rangli inqiloblar yoqmaydigan hukmdor va rejimlarni o‘zgartirish uchun mukammal va qudratli qurol deb qaraldi. Bu g‘oya ba’zilarni ruhiy tushkunlikka tushirsa, boshqalarga yaqinda g‘alaba qozonishiga ishonchni kuchaytirdi.
Ammo, ehtimol, eng muhimi: siyosat bilan bevosita aloqasi bo‘lmagan ko‘plab odamlar hayotni haqiqatan ham yaxshi tomonga o‘zgartirish imkoniyatiga chin dildan ishonishgan.
Axir rangli inqilob – bu shunchaki davlat to‘ntarishi emas. Yorqin kelajak uchun yozilgan qoidalarga zid ravishda, odatda siyosiy bo‘lmagan, ammo zudlik bilan hukumatni o‘zgartirish zarurligiga qat’iy ishongan, ko‘chalarga chiqqan fuqarolarsiz amalga oshirish mumkin emas. Aynan shu narsa o‘nlab va yuz minglab odamlarni 2011-yilda Qohiradagi Tahrir maydoniga va 2013-yilda Kiyevdagi Yevromaydanga kelishga undadi.
Aytgancha, boshida Belarus noroziliklari ko‘p sonli kishilar bilan maqtanishi mumkin edi. Ammo endi haftadan haftaga tadbirlar ishtirokchilarining soni kamayib bormoqda.
Gap odamlar namoyishlarda ishtirokining samarasizligidan charchaganligida emas, va "Lukashenko, ket" degan shior, "noto‘g‘ri" milliy yetakchini haydab chiqarish uchun sehrli kuchga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.
Belarus voqealari bilan bir qatorda, dunyoning boshqa qismlarda, respublika fuqarolarini o‘z uyida bo‘layotgan voqealarni yanada chuqurroq baholashga majbur qiladigan, diqqatga sazovor jarayonlar sodir bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda 15-yil ichida uchinchi siyosiy inqirozni boshdan kechirayotgan Qirg‘iziston bor, unga "rangli inqilob" yorlig‘i qo‘llanilmoqda.
“Rangli inqilob” hodisasini obro‘sizlantirish borasida bu Markaziy Osiyo davlatidan ko‘proq ish qilgan davlat kam, qirg‘iz jamiyati uchun yaxshi tomonga o‘zgarishlar yo‘qligi, ko‘cha tartibsizliklari va anarxiya bilan bo‘lgan barcha davlat to‘ntarishlarining asosiy yakuni bo‘ldi.
Armeniya. Har qanday maydanlarga nisbatan tobora ko‘payib borayotgan shubhalar va tez-tez muvaffaqiyatsizlikka uchrashi fonida aynan 2018-yilda Yerevandagi voqealar “baxmal inqilobi”ning har jihatdan misol bo‘ldi.
Bosh ko‘targan xalq demokratiya, yevropacha kelajak va korrupsiyaga qarshi kurash uchun jonga tekkan hukumatni qutaldi, davlat tepasiga ishongan insonni qo‘ydi, - yangi rahbar hatto ishining birinchi yillarida ijobiy natijalari ham bor.
Nima bo‘lganda ham, Ukraina yoki o‘sha Qirg‘izistondagi kabi halokatli oqibatlarning yo‘qligi bugungi kunda katta yutuq deb hisoblanish mumkin.
Biroq Armaniston o‘zini juda eski va qonli to‘qnashuvlar epimarkazida topgan bo‘lsa, avvalgi hukumatdan korrupsiyaga uchragan amaldorlarni va taraqqiyparvar demokratik rahbarlarni mag‘lub etgan xalq tomonidan qilingan Yevropa tanlovida nimani anglatadi?
Mana, agar Armanistonning o‘zi yana eski va qonli mojaroga tushib qolgan bo‘lsa, xalqning yevropacha tanlovi, oldingi hukumatdan qolgan poraxo‘rlar ustidan qozonilgan g‘alaba va taraqqiyparvar demokratik rahbar qanday mohiyatga ega?
Bundan tashqari, hatto siyosatdan yiroq odamga ham tushunarli, Ozarbayjon o‘z manfaati yo‘lida qo‘shnisining demokratik izlanishlaridan foydalandi, natijalarini hozir Tog‘li Qorabog‘da kuzatish mumkin.
"Rangli inqilob" atamasi - davlat tepasidagi ba’zi zararli kuchlar olib tashlansa, odamlar bir-birlariga qardosh, ajoyib, quyoshli, do‘stona dunyo - mamlakat gullab-yashnab, atrofdagilar hamjihatlikda yashaydigan boqqa aylanadi, degan oshkor qilinmagan o‘y-xayollarga olib boradi.
Qirg‘iziston va Armaniston Belarus jamiyati uchun – bunday qarash na ichki, na tashqi siyosiy ma’noda haqiqatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan – xom xayol ekanligini yaqqol eslatib turadi.
Ajablanarli emaski, Belarusdagi norozilik namoyishlari izchillik bilan muqarrar muvaffaqiyatsizlik tomon ketmoqda.
Bu bilan respublika “rangli inqilob” haqidagi dunyo miqyosida bo‘lgan afsonaning tobuti qopqog‘iga o‘zining mixini qoqib qo‘yadi.