Siyosat

Lukashenko 5 noyabrdan prezident sifatida tan olinmaydi - Yevroparlament

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka oʻtishMiting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske
Miting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shu hujjatda Yevroparlament belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashini "xalqning muvaqqat vakili" sifatida tan olgan va saylovlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlagan.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Yevroparlament Aleksandr Lukashenkoni 5 noyabrdan boshlab respublika rahbari deb hisoblashdan toʻxtashlari haqida bayonot berdi.

Boytsы OMONa na aktsii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Belarus YEI sanktsiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey

"Amaldagi atoritar yetakchi Aleksandr Lukashenkoning vakolatlari muddati tugashi bilan <…>, parlment uni mamlakat prezidenti sifatida boshqa tan olmaydi", - deyiladi rezolyutsiyada.

Shu hujjatda Yevroparlament belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashini "xalqning muvaqqat vakili" sifatida tan olgan va saylovlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlagan. Shuningdek, Yevroparlament Lukashenkoga nisbatan ehtimoliy sanktsiyalarni ham qoʻllab-quvvatlagan.

Belarus TIV Yevroparlamentning ushbu harakatlaridan ixlosi qaytganligini maʼlum qildi. Idora, shuningdek, oʻzini xolis va demokratik tuzilma sifatida namoyish etadigan ushbu tashkilot "burnidan nariroqqa qarashga" oʻzida siyosiy iroda topa olmaganligini qayd etgan.

Respublika kengashida rezolyutsiyaning qabul qilinishi davlatning ichki ishlariga aralashuv sifatida baholandi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ham ushbu hujjatga "ichki aralashuv" sifatida baho bergan edi. Volodinga koʻra, rezolyutsiyaning qabul qilinishi mamlakatdagi hukumat organlarini almashtirishga boʻlgan urinishdir.

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarni yopdi

Belarusdagi voqealar

Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning oʻzi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yoʻl oldi.

Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0