TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar qilmoqda.
Inauguratsiyasi marosimi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tmoqda. Marosimga bir necha yuz kishi taklif qilingan. Unda amaldorlar, deputatlar, madaniyat va sport arboblari, OAV rahbarlari va boshqalar ishtirok etmoqda.
Yangi saylangan davlat rahbari o‘ng qo‘lini Konstitutsiya ustiga qo‘yib, belorus tilida qasamod qildi. Shundan so‘ng MSK raisi unga davlat rahbari guvohnomasini topshirdi.
Belarusda prezident saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Lukashenko nomzodini yoqlab, saylovchilarning 80,1 foizi ovoz berdi. Bu uning oltinchi marotaba Belarus prezidenti sifatida saylanishi.
Muxolifat Belarusdagi saylov natijalarini tan olmadi va mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Ular shu tariqa o‘zlarining saylov natijalaridan rozi emasliklarini bildirishdi.