Jizzaxda dahshatli avariya: ikki "Neksiya" to‘qnashdi, qurbonlar bor

© Sputnik / Pavel Lvov Avariya
Avariya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har ikkala avtomashina haydovchilari yo‘l-transport hodisasida olgan tan jarohati sabab hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida dahshatli avariya yuz berdi. Ikki "Neksiya" to‘qnashib ketishi oqibatida ikki shaxs halok bo‘ldi, yana ikki nafari reanimatsiyaga yotqizilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Devushka derjitsya za golovu radom s avtomobilem - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda 1293 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, avariya haydovchining qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida yuz bergan.

26 yoshli Sh.I. o‘z "Nexia"sida G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan Dashtobod-Zomin-Baxmal 4R-40 avtomobil yo‘lining 173-kilometrida Baxmal-G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan 28 yoshli E.R. boshqaruvidagi "Nexia" yo‘liga chiqib ketishi oqibatida, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, har ikkala avtomashina haydovchilari yo‘l-transport hodisasida olgan tan jarohati sabab hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.

V DTP V Uchkudukskom rayone Navoiyskoy oblasti pogiblo dva cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Uchquduqda ayanchli YTH: 2 kishi qurbon bo‘ldi, 3 kishi esa kasalxonada

Shuningdek, marhum E.R.,ning boshqaruvidagi "Nexia" yo‘lovchisi B.Sh., hamda Sh.I. boshqaruvidagi "Nexia" avtomashina yo‘lovchisi A.U.lar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0