O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda 1293 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi

© Depositphotos / MonkeybusinessDevushka derjitsya za golovu radom s avtomobilem
Devushka derjitsya za golovu radom s avtomobilem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududi bo‘ylab yanvar-sentabr oylari davomida jami 3 912 559 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan 9 oyida (yanvar-sentabr oylari) jami 4294 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bundan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 510 taga kamroq.

So‘nggi 9 oy davomida ro‘y bergan YTHlar oqibatida 1293 ta o‘lim holati qayd etilgan. Jami 3886 kishi tan jarohati olgan.

YTHlarining 728 tasi bolalar, 1919 tasi piyodalar, 579 tasi velosipedlar, 146 tasi litsenziyaga ega bo‘lmagan taksilar va 77 tasi motosikllar ishtirokida sodir etilgan.

Ma’lum qilinishicha, respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH Farg‘ona viloyatida — 666 ta (2019 yil yanvar-sentabr oralig‘ida — 712 ta), Toshkent viloyatida — 495 ta (688 ta) va Toshkent shahrida — 487 ta (518 ta), eng kami esa Sirdaryo — 101 ta (105 ta), Jizzax — 118 ta (177 ta) va Navoiy — 144 ta (153 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Surxondaryo viloyatida o‘tgan yilgiga nisbatan YTHlar ko‘rsatkichi 34 foizga kamaygan va 186 tani (2019 yil yanvar-sentabr oralig‘ida — 283 ta) tashkil qilgan.

© IIV YHXBB matbuot xizmatiRespublika hududida 2020-yilning 9 oyida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari hamda aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda 1293 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Respublika hududida 2020-yilning 9 oyida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari hamda aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risida ma’lumot

Shuningdek, hisobot davrida yo‘l-transport hodisalari asosan piyodalar yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi (17,8 foiz), belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (15,5 foiz), velosiped yo‘laklari tashkil etilmagani (6,3 foiz), charchoqlik yoki uxlab qolish (6,2 foiz) va avtomobilni mast holatda boshqarish (1,7) kabi holatlar oqibatida sodir bo‘lgan.

Ushbu davr mobaynida respublika bo‘ylab jami 3 912 559 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan.

Shulardan:

2 130 163 tasi – qo‘pol qoidabuzarliklar;

565 581 tasi – xavfsizlik kamarini taqmaslik;

282 739 tasi – quvib o‘tish qoidalarini buzish;

121 373 tasi – piyodalar qoidabuzarligi;

114 486 tasi – svetoforga bo‘ysunmaslik;

27 308 tasi – telefondan foydalanish;

20 278 tasi – mast holda boshqarish;

7 928 tasi – YPX xodimlariga bo‘ysunmaslik;

7 890 tasi – noqonuniy qoraytirilgan oyna.

© IIV YHXBB matbuot xizmatiRespublika hududida 2020-yilning 9 oyida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari hamda aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda 1293 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Respublika hududida 2020-yilning 9 oyida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari hamda aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risida ma’lumot
Yangiliklar lentasi
0