TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Kreml Yevropa Ittifoqining Aleksey Navalniy bilan bogʻliq hodisa tufayli rossiyalik amaldorlarga nisbatan joriy etgan sanktsiyalariga munosabat bildirdi.
Avvalroq YEI Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, prezident maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko va yana toʻrt nafar yuqori mansabdor amaldorni sanktsiyalar roʻyxatiga kiritgan edi.
“Afsuski, bu Rossiyaga nisbatan ongli ravishda nodoʻstona qadam. YEI kengashi oʻz qarori bilan mamlakatimiz munosatlariga putur yetkazdi”, - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya sanktsiyalarga oʻz manfaatlariga muvofiq ravishda javob qaytaradi. Kreml Bryussel Navalniy bilan bogʻliq vaziyatga qarab Moskva bilan munosabatni oʻrnatganidan taassuf bildirgan.
Navalniy 20 avgust kuni samolyotdan oʻzini yomon his etgach, Omskda shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan edi. Omsklik vrachlar tekshiruvlar yakuniga koʻra, moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida qon tarkibida qandning keskin tushib ketishi yuz bergan, deya tashxis qoʻyganlar. Ammo u nima tufayli yuz bergani - hozircha maʼlum emas, Navalniy qoni va peshobida, omsklik shifokorlar maʼlumotlariga koʻra, zaharlar aniqlanmagan.
Keyinchalik blogerni samolyot bilan Germaniyaga olib ketishdi. Chorshanba kuni GFR hukumati harbiy mediklarga tayangan holda, Navalniyni "Novichok" jangovar moddasi tarkibiga kiruvchi zaharli substantsiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berdi.
Kreml Berlin Moskvani oʻz xulosalari haqida xabardor etmaganini taʼkidladi, Rossiya TIV esa Rossiya ushbu holat yuzasidan Germaniyadan rasmiy javob kutayotganini bildirdi. Biroq javob kelmadi.