Samarqandda ota o‘z farzandlariga aliment pullari o‘rniga uy sovg‘a qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJilye, ipoteka i stroitelstvo: v Tashkente startoval biznes-forum
Jilye, ipoteka i stroitelstvo: v Tashkente startoval biznes-forum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzoq yillar davomida to‘lanmay kelgan va farzandlarning voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment pullari hisoblanganda - jami 401 mln. 366 ming so‘mni tashkil etgan. Fuqaro bu pullar evaziga o‘z uyida voz kechgan.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi erkak almentdan yig‘ilib qolgan ulkan qarzdorlikni yopish uchun uch nafar farzandiga turar joyni rasmiylashtirib berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB axborot-xizmati.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus vaqtida aliment to‘lamasa bo‘ladimi - MIB izohi

MIB idorasi xabariga ko‘ra, erkak bir necha yillardan buyon aliment to‘lashdan qochib yurgan.

Bir qancha muddat oldin esa fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining buyrug‘iga asosan qarzdor A.O‘taganovdan undiruvchi O‘.O‘taganova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun to ular voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan. 

Shundan so‘ng qarzdorning ish joyi aniqlanib aliment pullari uning oylik ish haqining 50% foiziga qaratilgan.

Huquqiy tushuntirishlar oqibatida fuqaro farzandlarining voyaga yetganiga qadar bo‘lgan aliment pullari hisoblab chiqilgan - bu jami 401 mln. 366 ming so‘mni tashkil etgan.

Ijro harakatlari davomida ushbu pul mablag‘lari qarzdorga tegishli uy-joy bilan hisob-kitob qilinib, to‘liq undirilish ta’minlangan va ijro hujjati amalda tamomlangan.

Yangiliklar lentasi
0