MO davlatlari yetakchilari Qirg‘iziston bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqishdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishUchastniki aksii protesta na sentralnoy ploshadi Ala-Too v Bishkeke
Uchastniki aksii protesta na sentralnoy ploshadi Ala-Too v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda 4-oktabr kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tgach, ommaviy norozilik aksiyalari boshlanib ketdi. Respublika prezidentining o‘zi sal oldin mamlakatdagi siyosiy vaziyat o‘zining inqiroz nuqtasiga yetganini qayd etgan edi

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmaniston prezidentlari qo‘shma bayonot bilan chiqishdi va unda Qirg‘izistondagi voqealardan jiddiy tashvishda ekanliklarini bildirdilar.

Uchastniki aksii protesta v Bishkeke. Protestuyushie trebuyut annulirovat itogi parlamentskix viborov.  - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston kosasi to‘lgan kun - tartibsizliklarga nima sabab bo‘ldi

Davlat yetakchilari, hozirda siyosiy vaziyat o‘tkir tus olayotgan qo‘shni respublika aholisini mamlakatda tinchlikni saqlab qolish uchun donishmandlikni namoyon etishga chaqirishdi.

"Qardosh Qirg‘izistonda sodir bo‘layotgan voqealar bizni jiddiy tashvishga solmoqda.

Ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik, umumiy madaniy va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘langan yaqin qo‘shnilar sifatida biz ushbu qiyin kunlarda Qirg‘iziston xalqini mamlakatda tinchlikni saqlash va barqarorlikni tiklash uchun o‘ziga xos donolikni namoyon etishga chaqiramiz.

Qirg‘izistonning barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, Konstitutsiya va milliy qonunchilikka so‘zsiz rioya qilish bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildiramiz.

Almazbek Atambayev, Sapar Isakov, Omurbek Babanov i ix storonniki napravlyayutsya iz zdaniya foruma v Beliy dom - Sputnik O‘zbekiston
“Uchinchi inqilob”: ozodlikka chiqqan Atambayev mitingda chiqish qildi

Qirg‘izistonning ravnaqi mintaqaviy xavfsizlik va butun Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishining muhim omilidir.

Mamlakatlarimizning o‘tmishi bir, ular umumiy kelajakni barpo etmoqda. Markaziy Osiyo xalqlarini tarixiy jihatdan kelajakdagi avlodlar farovonligi uchun barqaror tinchlik, totuvlik va bunyodkorlik istagi birlashtiradi.

Mushtarak maqsadlarga intilgan holda, davlatlarimiz savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni, chegaraoldi va hududlararo sheriklikni kengaytirish uchun mintaqaviy hamkorlikni faol ravishda mustahkamlamoqda.

Markaziy Osiyo birdamligini yanada mustahkamlash yo‘lidan borar ekanmiz, biz Qirg‘iziston xalqini uning hamjihatlik, tinch, mustaqil taraqqiyot va farovonlik borasidagi intilishida doimo qo‘llab-quvvatlaymiz", - deyiladi bayonot matnida.

Qirg‘izistondagi vaziyat 4-oktabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilinganidan so‘ng birdan keskin tus olgan va ommaviy protestlarga aylanib ketgan edi.

Jeenbekovning siyosiy karyerasi yakun topdi - siyosatshunos >>>

Bishkek qatorida Qirg‘izistonning yirik shaharlarida norozilik aksiyalari boshlanib ketdi. Miting qatnashchilari parlament binosi va prezident administratsiyasini egallab oldilar.

Natijada, respublika bosh vaziri iste’fo berdi. Shundan so‘ng vaqtinchalik bosh vazir va parlament spikeri tayinlandi. Endilikda deputatlarning bir qismi amaldagi davlat rahbari iste’fosini talab qilmoqda.

Shu bugun Qirg‘iziston prezidenti bosh vazir boshchiligidagi amaldagi hukumat iste’fosi to‘g‘risida farmonni imzoladi. 

Prezident Kirgizii Sooronbay Jeenbekov  - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov iste’foga chiqishga tayyor ekanini bildirdi

Ilgariroq, davlat rahbari, Vazirlar mahkamasida "yangi tayinlovlar uchun qonuniy asoslarni yaratishga" har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini ta’kidlagan.

U shuningdek, o‘tgan saylovlar natijalarining bekor qilinishi va yangi ovoz berish jarayonlarini o‘tkazilishi muhimligini ta’kidlagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston MSQ parlamentga takroriy saylovlarni 6-noyabrga qadar tayinlaydi.

Qirg‘iziston prezidenti amaldagi hukumat tarkibidan tashqari, Bosh shtab rahbarini ham lavozimdan chetlatdi va yangi odamni tayinladi.

Jeenbekovning o‘zi ijro hukumati qonuniy rahbarlari saylanib, tasdiqlangach, mamlakat qonuniy yo‘lga turgach, iste’foga chiqishga tayyorligini aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0