TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qonunchilik barqaror topganidan so‘ng iste’foga chiqishga tayyor ekanini bildirdi.
"Bugun vaziyatni imkon qadar tezroq huquqiy asosga qaytarish kerak. Hukumat organlariga yangi qonuniy rahbarlar tayinlanganidan va mamlakatda qonunchilik barqaror topganidan so‘ng men iste’foga chiqishga tayyorman", - dedi Jeeyenbekov.
Prezident aytishiga qaraganada hech qanday lavozim mamlakat butunligi va xalq tinchligini xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi. Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda vaziyat qaynoq nuqtasiga yetganini va uni hal qilish uchun quyidagilarni taklif qildi:
- yangi parlament saylovlarini tashkil qilish
- sobiq bosh vazir va hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish
- parlament a’zolarining xavfsizligini ta’minlash
"Men buning uchun barcha kerakli hujjatlarni imzolashga roziman. Jogorku Kenesh qarorlarini kutayapman", - dedi Jeenbekov.
Ma’lumot uchun kecha, 8-oktabr kuni Qirg‘iziston parlamentida prezident Jeyenbekov impichmenti jarayoni boshlangan edi. Deputatlarning bir qismi buning uchun imzo to‘plashni boshlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlaridan so‘ng vaziyat keskinlashgan edi. Saylovlarda hukumat tomonidan bo‘lgan partiyalar o‘z ma’muriy resurslaridan keng foydalangani va boshqa partiyalarning parlamentga kirishiga to‘sqinlik qilgani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng muxolifat partiyalari norozilik namoyishlari o‘tkazish uchun ko‘chalarga chiqishgan. Dushanba kuni kechqurun ular parlament binosini va prezident ma’muriyatini egallab olishgan. Shundan so‘ng namoyishchilar Davlat xavfsizlik qo‘mitasidan sobiq prezident Atambayev va yana bir necha kishini ozod qilishgan. Qirg‘iziston MSQ bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalarini bekor qilgan.