Qirg‘iziston kosasi to‘lgan kun - tartibsizliklarga nima sabab bo‘ldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishUchastniki aksii protesta v Bishkeke. Protestuyushie trebuyut annulirovat itogi parlamentskix viborov.
Uchastniki aksii protesta v Bishkeke. Protestuyushie trebuyut annulirovat itogi parlamentskix viborov.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda yangi revolyutsiya bo‘ladimi? Bugun odamlarni ko‘chaga chiqishiga nima sabab bo‘lmoqda? Saylovdan oldin Respublikada nimalar bo‘lgan edi?

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Galiya Ibragimova, Sofya Melnichuk. Qirg‘iziston MSQ yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini bekor qildi. Saylovdan so‘ng mamlakatda yuz bergan tartibsizliklarni to‘xtatish maqsadida hukumat muxolifat bilan muzokaralar o‘tkaza boshladi. Lekin Bishkek va O‘shda odamlar haligacha uylariga tarqalishgani yo‘q. Ular saylovlar yangi sanasi e’lon qilinishini kutishmoqda.

Partiyalar qancha ovoz to‘plagan edi?

Saylov bulletenlarida 16ta partiya nomlari keltirilgan bo‘lsada, ulardan faqat 4tasi Qirg‘iziston qonunchiligida belgilangan 7%li to‘siqdan o‘tib, Parlamentga deputat yuborish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin saylovda yetarlicha ovoz to‘play olmagan kichik partiya vakillarining fikriga ko‘ra, bu natijalar qalbakilashtirilgan.

Sooronbay Jeenbekov ofitsialno vstupil v doljnost glavi Kirgizstana  - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekovning siyosiy karyerasi yakun topdi - siyosatshunos

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan saylovlarda Hukumat tomonida bo‘lgan "Birimdik" va "Mekenim Kirgizstan" partiyalari uchun 50 %ga yaqin saylovchilar ovoz berishgan. Ya’ni, parlamentga asosan "eski" deputatlar qayta saylangan.

Bunday "g‘alabani" boshqa bir necha kichik partiyalardan iborat bo‘lgan muxolifat kuchlari tan olmagan va hukumatni saylovlarni soxtalashtirishda ayblagan. Sobiq prezident Almazbek Atambayevning tarafdorlariga ham muxolifatchilarga qo‘shilgan.

Muxolifatchilarning g‘azabini keltirgan ikkita narsa bu: amaldagi prezidentning ukasi Asilbek - "Birimdik" partiyasiga, korrupsiyada ayblangan  sobiq Bojxona  boshlig‘i o‘rinbosari Raimbek Matraimov esa - "Mekenim Kirgizstan" partiyasiga bosh bo‘lganidir.

Shuningdek, kichik partiyalardan biri bo‘lgan "Qirg‘iziston" partiyasi ham 7%dan ko‘proq ovoz to‘plab, parlament saylovlariga o‘tgan. Ushbu partiya kichik va o‘rta biznes manfaatlarini himoya qiladi.

Protesti posle parlamentskix viborov v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalari bekor qilindi

Ayni damda norozilik bildirayotgan muxolifat kuchlarining asosiy havotiri shundaki, kichik partiya bo‘lgan "Kirgizstan" Hukumatga qarashli bo‘lgan ikkita yirik partiyaga qo‘shiladi va shu bilan boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan ko‘pchilik koalitsiyasi tuziladi. Oqibatda Respublikada hammasi avvalgiday qoladi, hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

Parlament sayloviga 7%li to‘siqdan o‘tgan yana bir partiya bu - "Butun Kirgizstan". Ular hozirgi hukumatni keskin tanqid qilib. ular bilan muzokaralar o‘tkazishga norozilik bildirishmoqda. Lekin namoyishchilar ushbu partiga ham hozircha ishonch bildirishgani yo‘q, chunki u yerda o‘z obro‘sini yo‘qotgan sobiq siyosatchilar juda ko‘p.

To‘g‘ri "nomzod"ni saylashga yodam

Norozilik namoyishiga chiqqanlar Hukumatni saylov jarayonida ma’muriy resursdan foydalanishda, qariyalardan o‘zlariga kerakli bo‘lgan "ovozlar"ni yig‘ishda va ko‘plab saylov uchastkasidan "hisobdan chiqarish  guvohnomalaridan" foydalanishda va boshqa qonunbuzarliklarda ayblashmoqda.

Kak dva mitinga v sentre Bishkeka obyedinilis v odin - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda Oq uy ishg‘ol qilindi, Atambayevni ozod qilishdi. Hozir nimalar bo‘lyapti - tafsilotlar

Dushanba kuni Bishkek va O‘shda muxolifatchilar norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bishkek, Norin, Talas va Issiq-Ko‘l viloyati rahbarlari o‘z lavozimini tark etdi. Namoyishlarda amaldagi hukumat vakillari bilan ham to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Hukumat kechga yaqin namoyishchilar o‘zi tarqalib ketadi, degan umidi amalga oshmadi. Militsiya xodimlari namoyishchilarni haydamoqchi bo‘lishganda, ular hukumat binolariga qarab hujumga o‘tishdi. Birinchi bo‘lib Parlament binosi ishg‘ol qilindi. Keyin namoyishchilar Davlat Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi qamoqxonasidan sobiq prezident Almazbek Atambayev, sobiq bosh vazir Sapar Isakov va sobiq deputat Sadir Japarovlarni ozod qilishdi.

Tongda ma’lum bo‘lishicha, namoyishlarda 600dan ortiq kishi jarohatlangan. Ular orasida namoyishchilar, hukumat vakillari va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ham bor. Tez tibbiy  yordam xizmati tunda tinimsiz ishlagan.

Ayni damda muxolifatchilar Muvofiqlashtirish kengashi tuzishgan. Unga amaldagi hukumatga keskin qarshi bo‘lgan "Butun Kirgizstan" partiyasi yetakchisi Adaxan Madumarov boshchilik qilmoqda. Muxolifatchilar hukumat iste’foga chiqishini va Parlament saylovlarining yangi sanasi belgilanishini kutishmoqda.

Amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov muxolifat bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi.

"Tinchlik va xavfsizlik – hamma narsadan ustun! Men mamlakat taqdirini hamma narsadan ustun qo‘yishni va huquqiy yo‘lga qaytishingizni so‘rayman”, - dedi u.

Saylovdan atrofidagi voqealar

Ma’lum bo‘lishicha, hukumatga tegishli bo‘lgan "Birimdik" va "Mekenim Kirgizstan" partiyalari saylovoldi kampaniyasi davomida ma’muriy resursdan ochiqchasiga foydalangan. 500 ming kishi 2-forma bo‘yicha o‘z turar joyidan boshqa joyda ovoz bergan. Muxolifat partiyalarida, albatta, bunday imkoniyatlar bo‘lmagan. Bu esa hatto siyosatga aralashmaydigan fuqarolarning ham jahlini chiqargan.

Uchastniki aksii protesta v Bishkeke. Protestuyushie trebuyut annulirovat itogi parlamentskix viborov.  - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston moliya vazirligi barcha operatsiyalarni to‘xtatdi

Odamlarga yana bir yoqmagan joyi, hukumat partiyalari saylov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng ommaviy bayram uyushtirishgan. Shundan so‘ng norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.

"Dastlab odamlar hukumat nima bo‘layotganini tushuntirib beradi, deb kutishdi. Buning o‘rniga esa ko‘chalardan g‘olib partiyalarning bayramlari boshlanib ketdi. Prezident va hukumat esa jim edi. Agar biror kishi chiqib, suhbat boshlaganda, balki hammasi tinch hal bo‘lardi", - deydi qirg‘izistonlik siyosatshunos Alibek Mukambayev.

Siyosatchi fikriga ko‘ra, norozilikning yana bir sababi – mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Karantin tufayli ko‘pchilikning daromadi kamayib ketgan. Cheklov choralari yengillashtirilganida kasallar soni keskin oshib ketdi. Kuniga 40 kishi vafot etdi, aptekalarda dori yo‘q. Sog‘liqni saqlash tizimi o‘zining samarasiz ekanini, hukumat qo‘lidan ish kelmasligini ko‘rsatdi.

"Odamlar ichida ushbu muammolar to‘planib-to‘planib saylov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, birdan tashqariga otilib chiqdi", - deydi  Mukambayev.

Shu bilan birga, ekspertlar Atambayevning ozodlikka chiqarilishi – vaziyatga kuchli ta’sir qilmaydi, sobiq prezidentga ham aholining ishonchi unchalik katta emas, deb hisoblaydi. Hozir asosiysi, muxolifat va hukumat bir-birlarining fikriga quloq solishi. Aks holda to‘qnashuvlar yana va yana davom etaveradi.

Yangiliklar lentasi
0