Qorabog‘da Ozarbayjon armiyasi “tuzoqqa” tushib qoldi - Pashinyan

© Minoboroni Azerbaydjana / Mediabankka o‘tishVoorujennie sili Azerbaydjana nanosat udar artilleriyskim podrazdeleniyam voorujennix sil Armenii na Agderinskom napravlenii v Nagornom Karabaxe.
Voorujennie sili Azerbaydjana nanosat udar artilleriyskim podrazdeleniyam voorujennix sil Armenii na Agderinskom napravlenii v Nagornom Karabaxe. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon harbiylari Tog‘li Qorabog‘da "tuzoqqa" tushib qolganini aytdi.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon harbiylari Tog‘li Qorabog‘da "tuzoqqa" tushib qolganini aytdi. Bu haqda u RBK telekanaliga bergan intervusida so‘zlab berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovim - Sputnik O‘zbekiston
Putin Qorabog‘dagi voqealarga munosabat bildirdi

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ning harbiy boshliqlari  tan olinmagan respublika janubida yolg‘ondan chekinishgan, shu tufayli ular Ozarbayjon harbiy korpusini aldab koridorga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.

"Deyarli shu soniyalarda harbiy korpus qaqshatqich zarbalarni oladi. Menimcha, bu butun operatsiyaning hal qiluvchi lahza bo‘ladi", - deya ta’kidladi u.

Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi jamoatchiligi Rossiya Qorabog‘ mojaro zonasida harbiy harakatlarni to‘xtata olishiga ishonadi, deb aytdi chorshanba kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Armanistonga, Ozarbayjonga ham ta’sir qilishi mumkin, ammo Turkiyani mojaro zonasini tark etishga majbur qilish kerak. Sarkisan Moskva Anqaraga ta’sir qilishi mumkin deb hisoblaydi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘z navbatida, Rossiyaning Qorabog‘ bo‘yicha pozitsiyasi savol va da’volarni keltirib chiqarmaydi, deb aytdi.

Kreml Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi harbiy mojaro Tog‘li Qorabog‘ chegaralaridan tashqariga chiqqanligi tasdiqlamaydi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Navbatdagi keskinlashuv

27 sentabrda Qorabog‘da navbatdagi mojaro avj oldi. Armaniston va Ozarbayjon o‘qqa tutish va tinch aholining qurbon bo‘lganida bir-birini ayblashdi.

Voyenniy konflikt v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ga minglab jangarilar kelmoqda - Narishkin

Armaniston Turkiya Ozarbayjon tarafida janglarda qatnashayotganini bir necha bor ta’kidlagandi. Anqara va Boku buni rad etmoqda, o‘z navbatida Turkiya hukumati so‘rovga binoan Ozarbayjonga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Rossiya, Fransiya, AQSh va BMT tomonlarni o‘t otishni to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, Turkiya va Ukraina Bokuni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

1991 yilda aholisining aksariyati armanlar bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘  Ozarbayjondan mustaqilligini e’lon qildi. Boku mintaqani kuch bilan qaytarishga urindi, shundan keyin urush boshlandi. 1994-yilda Ozarbayjon, Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Rossiya vositachiligi bilan sulh protokolini imzoladilar, ammo harbiy harakatlar vaqti-vaqti bilan qayta boshlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0