TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘ atrofida yuzaga kelgan vaziyatni fojia deb atadi. Rossiya bundan tashvishlanmoqda.
“Odamlar halok bo‘lmoqda, har ikki tomondan katta yo‘qotishlar bor. Biz eng yaqin orada bu mojaro to‘xtatilishiga umid qilamiz”, - dedi u “Rossiya 24” telekanali efirida.
Putin Rossiya hukumati zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishini ma’lum qildi.
Putin, Tramp va Makron Qorabog‘dagi vaziyatga oid qo‘shma bayonot berdi
Qorabog‘dagi navbatdagi keskinlik 27-sentabr kuni yuz berdi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini o‘t ochishda va tinch aholi o‘limida aybladi.