Bishkekda oqshom qanday o‘tdi - tunning 6 ta eng muhim voqeasi

© REUTERS / Vladimir PirogovUchastniki aksii protesta v Bishkeke
Uchastniki aksii protesta v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bishkekda nima gaplar: yangi bosh vazir, yangi parlament spikeri, yangi mer hamda marodorlar va drujinachilar.  

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘tgan oqshom Bishkekda turli voqealarga boy bo‘ldi: yangi bosh vazir va parlament spikeri saylandi, allaqanday shubhali kishilar savdo  markazlari va kafelarni tunamoqchi bo‘lishdi. O‘tgan tunning eng muhim voqealari haqida bir boshidan.

Uchastniki aksii protesta v Bishkeke. Protestuyushie trebuyut annulirovat itogi parlamentskix viborov.  - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston kosasi to‘lgan kun - tartibsizliklarga nima sabab bo‘ldi

1. Kecha soat 9larga yaqin Jokorgu Kengesh Sadir Japarovni yangi bosh etib sayladi, lekin haqiqatda bosh vazir bo‘lishi uchun yana bir necha jarayonlardan o‘tishi kerak. Oldingi bosh vazir Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi.

2. Parlamentga ham yangi spiker saylandi. Dastan Djumabekov o‘rnini "Bir Bol" fraksiyasi deputati Miktibek Abdildayev egalladi.

3. Kechqurun O‘shda ham qiziq voqealar sodir bo‘ldi. Deputat Duyshon Torokulov o‘zini mer deb e’lon qildi. Lekin sobiq shahar rahbari Melis Mirzakmatov tarafdorlari bunga rozi bo‘lishmadi. Tunda u shaharga qaytib keldi. O‘shga kim boshliq bo‘lishi bugun ma’lum bo‘ladi.

4. Bishkekda tungi soat 11lar atrofida qandaydir noma’lum shaxslar Finpol binosiga hujum qilmoqchi bo‘lishdi. Lekin ularni quvib yuborishdi.

Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga erkin kirishlari mumkin – Chegara qo‘shinlari

5. Bishkekda so‘nggi sutka davomida 2 marotaba shahar meri o‘zgardi. Aziz Surakmatov o‘rniga kechagina saylangan Jooshbek Koyenaliyev o‘rniga yangi vaqtinchalik mer  — Mirlan Bekitayev saylandi.

6. Tunda Bishkek bo‘ylab shubhali to‘dalar marodorlik qilishga urinishdi. Ular "Vefa" savdo markazi va "Navat" kafesini talon taroj qilmoqchi bo‘lishdi. Lekin bunday bo‘lishini bilgan shaharliklar 1500 kishidan iborat drujinachilar otradlari tuzib shaharni marodorlardan himoya qilishdi va tartib saqlashdi. 

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Bishkekning markaziy maydonida 2 mingga yaqin odamlar to‘planib 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini tan olmasliklarini xabar qilshgan edi. Shundan so‘ng namoyishchilar Parlament va Hukumat binolarini hamda Davlat Xavfsizlik qo‘mitasi binosini ishg‘ol qilishgan. U yerda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayevni ozod qilishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0