Qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga erkin kirishlari mumkin – Chegara qo‘shinlari

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana
Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekiston 6-oktabrdan Qirg‘iziston va uchinchi davlatlar fuqarolarining respublikaga kirishiga cheklov joriy etgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekiston bilan chegarani erkin kesib o‘tishlari mumkin, uchinchi mamlakat fuqarolari uchun cheklovlar koronavirus pandemiyasi munosabati bilan karantin rejimi tufayli saqlab qolingan. Bu haqda O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari vakili ma’lum qildi.

Avvalroq Sputnik Qirg‘iziston nashri Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmati tayangan holda O‘zbekiston 6-oktabrdan Qirg‘iziston va uchinchi davlatlar fuqarolarining respublikaga kirishiga  cheklov joriy etganini haqida xabar qilgan edi.

“Chegara qo‘shinlarimiz chizig‘i bo‘yicha Qirg‘iziston aholisi uchun hech qanday cheklov joriy etilmagan”, - dedi Chegara qo‘shinlari vakili RIA Novosti bilan suhbatda.

U O‘zbekiston fuqarolari ham monesiz Qirg‘izistonga kirishlari mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov hokimiyatni noqonuniy egallab olishga urinish haqida ma’lum qildi

Agentlik suhbatdoshi 1-sentabrdan boshlab o‘zbek-qirg‘iz chegarasida karantin tufayli yopilgan o‘tkazish punktlari yana ishini qayta tiklaganini eslatib o‘tdi.

“Uchinchi mamlakat fuqarolari uchun cheklovlar hozircha saqlanib qolinmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi idora vakili.

5 oktabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga o‘ta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. O‘sha kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aksiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 590 kishi jabrlandi. Bir nafari halok bo‘lgan.

6 oktabr kuni Qirg‘iziston MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Yangiliklar lentasi
0