Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalari bekor qilindi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishProtesti posle parlamentskix viborov v Kirgizstane
Protesti posle parlamentskix viborov v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda parlament saylovlari 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. 5-oktabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga o‘ta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning Saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasi parlament saylovlari natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Qirg‘izistonda parlament saylovlari 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. 5-oktabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga o‘ta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aksiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Respublika SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 590 kishi jarohat olgan, bir kishi halok bo‘lgan.

Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov hokimiyatni noqonuniy egallab olishga urinish haqida ma’lum qildi

“2020 yil oltinchi oktabr kuni Qirg‘iz Respublikasining Saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasi Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshga saylovlarda ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi”, - deyilgan xabarda.

Saylovda 56,5 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etishdi. Ovoz berishning dastlabki yakunlariga ko‘ra, mamlakat parlamentiga to‘rtta: "Birimdik" ("Birlik", hukumat partiyasi) 24,52% foiz, "Mekenim Kirgizstan" ("Ona Qirg‘iziston", hukumat partiyasi) 23,89%, "Qirg‘iziston" 8,73% va "Butun Kirgizstan" ("Yagona Qirg‘iziston) partiyasi 7,11% ovoz bilan o‘tgan. Qolgan partiyalar o‘ta olmagan.

Yangiliklar lentasi
0