Bishkekda Oq uy ishg‘ol qilindi, Atambayevni ozod qilishdi. Hozir nimalar bo‘lyapti - tafsilotlar

Obuna bo‘lish
Bugun tunda namoyish ishtirokchilari Oq uyga kirishdi. Shuningdek, mitingchilardan iborat guruh Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosiga qarab yo‘l olishgan. Bishkekda nimalar sodir bo‘lmoqda - tafsilotlar

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. 5-oktabr kuni tush vaqtidan boshlab Ala-Too maydonida muxolif kuchlar norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Parlament saylovlari dastlabki yakunlaridan norizo bo‘lgan 3-4 ming odamlar to‘planishdi. Oq uy darvozalarini ishg‘ol qilishga bo‘lgan urinishdan so‘ng militsiya va mitingchilar o‘rtasida bir necha soatga cho‘zilgan to‘qnashuvlar boshlandi. Tunda miting ishtirokchilari Oq uyga bostirib kirishgan.

Parlamentskie vibori v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Sputnik Qirg‘iziston jurnalistlari shaharda tun davomida ro‘y bergan hodisalarni yoritganlar. Tun davomida Oq uy muxolifatchilar qo‘liga o‘tdi, sobiq prezident Almazbek Atambayev esa ozod etildi.

Nashr xabariga ko‘ra, mojaro kech soat 8 larga o‘ta ziddiy tus ola boshlagan: miting ishtirokchilari Oq uy Oq uy darvozasini ishg‘ol qilishni boshlagan, odamlar devordan oshishga harakat qilgan, bino toshbo‘ron qilingan.

Xuddi shu vaqtda maydonda "spesnaz" paydo bo‘lgan. Kuch tuzilmalari shovqin granatalari va ko‘z yosh keltiruvchi gaz yordamida miting qatnashchilarini "Ala-Too" maydonidan tarqatib yuborishga muvaffaq bo‘lgan, ammo norozilik aksiyasi ishtirokchilari o‘z pozitsiyalarini boy berishga shoshilmadi.

Flag Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qanday talab qo‘yilgan

Bir necha nafar yirik siyosatchilar jarohatlangan. Xususan, rezina o‘qdan "Ata Meken" partiyasi rahbari Janar Akayev jabrlangan, "Meken intimagi" partiyasidan deputatlikka nomzod Temirbek Asanbekov ham jarohat olgan.

Kuch tuzilmalari va norozilik namoyishi ishtirokchilari o‘rtasidagi ziddiyatli to‘qnashuv bir necha soat davom etgan. Kasalxonalarga jarohatlanganlar yetkazib turilgan. Jami 590 nafarga yaqin inson jabrlangan. Bir nafari olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘lgan. 13 kishi reanimatsiyada qolmoqda.

Tong sahar uchga kelib, Oq uy miting namoyishchilari qo‘liga o‘tgan, kuch tuzilmalari esa umuman ko‘rinish bermagan.

Ertalab 4ga kelib, miting qatnashchilarining bir qismi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosiga qarab yo‘l olgan.

Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i yego storonniki prisutstvuyut na vstreche s jurnalistami v sele Koy-Tash bliz Bishkeka. - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Qo‘y-tosh voqealari bo‘yicha sudda ishtirok etishni xohladi

Ular sobiq prezident Almazbek Atambayevning ozod etilishini talab qilganlar. Idora devori yo‘q qilingan.

Muzokaralar bo‘lib o‘tganidan yarim soatdan so‘ng sobiq davlat rahbari o‘z tarafdorlari qurshovida bo‘lgan.

Ertalab soat yettida, bu vaqtga kelib, muxolifatchilar qo‘liga o‘tgan Oq uydan tutun chiqa boshlagan.

7.30 ga kelib, sobiq bosh vazir Sapar Isakov va sobiq deputat Ravshan Jeenbekovlarning ozod etilganliklari haqida ma’lum bo‘ldi.

Hozirda maydonda 1,5 mingdan ziyod miting qatnashchilari bo‘lib turibdi. Oq uydagi yong‘in o‘chirilgan, volonterlar esa axlat va toshlarni yig‘ishtirishga yordam berishmoqda.

Ertalab to‘qqizga yaqin prezident matbuot-kotibi Tolgonay Stamaliyeva davlat rahbari vaziyatni nazorat qilayotgani xususida bayonot bilan chiqish qilgan.

Yangiliklar lentasi
0