O‘zbekistonda koronavirus: 6-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB № 52
Gospital COVID-19  v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 265 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 343 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Rosaviatsiya O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

Bir sutka davomida 265 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 343  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 96 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 307 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 56 058 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 796 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 489 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Alohida shifoxonalar

Kuzatuvlarga ko‘ra, koronavirus kasalligidan keyin ba’zi shaxslarda ancha vaqtgacha u yoki bu klinik belgilar saqlanib qolayapdi. Kun tartibida turgan mazkur o‘ta jiddiy masala mutasaddilar diqqat markazida bo‘lib, koronavirus kasalligiga chalingan va yondosh kasalliklari bo‘lgan shaxslar uchun alohida shifoxonalarni ajratish, kasallik og‘ir va o‘rta og‘ir kechgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlarini ochish, hozirning o‘zida bir necha shifoxonalarni aynan faoliyatning shu turi bilan shug‘ullanishga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Imbir - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni davolashda zanjabilni dorilar o‘rnida qabul qilsa bo‘ladimi?

So‘nggi paytlarda tibbiyot xodimlarining ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarida ko‘p ishlatilayotgan “mikst-infeksiya” iborasining mazmuniga izoh berildi.

“Mikst-infeksiya” degani, bir paytning o‘zida ikkita infeksiya, misol uchun, koronavirus + gripp, koronavirus + qizamiq, koronavirus + paragripp, koronavirus + o‘tkir respirator kasalliklar deganidir, – deydi N.Otabekov. – Havo tomchisi infeksiyalari avj oladigan mavsus yaqin. Shu bois, bu kabi holatlar kuzatilishi tabiiy.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 35,7 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 26,9 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,7 mln), Hindistonda (6,7 mln), Braziliyada (4,9 mln).

Yangiliklar lentasi
0