Rosaviatsiya O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishSamolyoti
Samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya aviakompaniyalariga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Ta’kidlanishicha, bu aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Rosaviatsiyaning tegishli buyrug‘i e’lon qilindi, deya yozadi RIA Novosti.

Passajiri v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya chegaralari yana yopilishi mumkin - Federatsiya kengashi

Ro‘yxatdan qatnovlar hozircha tiklanmagan mamlakatlar ham o‘rin olgan.

Ma’lum qilinishicha, aviakompaniyalar ochiq mamlakatlar Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, BAA, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar uchun ruxsat oldi.

Parvozga ruxsat berilgan yopiq mamlakatlar esa Armaniston, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kipr, Xitoy, Malta, Niderlandiya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Chexiya, O‘zbekiston.

Shuningdek, aviatashuvchilar Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Ispaniya, Fransiya va Kubaga charter reyslar uchun ruxsat olgan.

Rosaviatsiya vakilining ta’kidlashicha, ushbu hujjat aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.

“Ruxsat bu aviakompaniyaning parvozlar tiklanganda foydalana olishi mumkin bo‘lgan huquqidir”, — dedi u.

Rossiya mart oxirlarida boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni to‘xtatgandi. Keyinroq cheklovlar bosqichma-bosqich olina boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0