Koronavirusni davolashda zanjabilni dorilar o‘rnida qabul qilsa bo‘ladimi?

Obuna bo‘lish
Zanjabil koronovirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir o‘zi monoterapiya sifatida yordam bermaydi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasi haqida aholi savollariga javob qaytarildi.

Abdusamatova koronavirusni davolashda zanjabilni dorilar o‘rnida qabul qilsa bo‘ladimi degan savolga javob berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, zanjabil ilmiy tibbiyotda keng ishlatiladi. Zanjabilning juda ko‘p foydali xususiyatlari bo‘lganligi sababli nafaqat maza berish, balki davolovchi oziqa sifatida ham ishlatiladi. 

Meditsinskiy rabotnik i patsiyent  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy xatosi aytildi

Zanjabil ildizi tarkibida ko‘plab: S, V1, V2 guruh vitaminlar, mineral moddalar:  alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganes, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud.  Uning ta’sir qiluvchi moddalari shogaol va gingerol hisoblanadi. 

Bu moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, o‘smalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega.

Ta’kidlanishicha, izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstrakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida foyda berishini ko‘rsatgan. Lekin uni ham meyorida iste’mol qilish zarur, chunki u bolalarda, homiladorlarda allergiyani keltirib chiqarishi mumkin. 

“Zanjabil koronovirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir o‘zi monoterapiya sifatida  yordam bermaydi”, - dedi mutaxassis.

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Yangiliklar lentasi
0