TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. 2 475 ta uchastkalarda ovoz berish mumkin, ulardan 45 tasi xorijda.
Ular soat 20:00 ga qadar ochiq bo‘ladi.
Ovoz berish sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy ravishda rioya qilingan holda bo‘lib o‘tmoqda. Uchastkaga kirishda saylovchilarning harorati o‘lchanmoqda, himoya niqoblari tarqatilmoqda, ijtimoiy masofaga rioya qilish nazorat qilinmoqda.
Saylovlarda 16 ta partiya ishtirok etmoqda. Ular orasida “Ata-Meken”, “Bir Bol”, “Birimdik” kabi partiyalar bor.
Qirg‘iziston parlamenti 120 nafar deputatdan tashkil topgan. Ular har 5-yilda saylanadilar. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, saylovlarda g‘alaba qozongan partiya eng ko‘pi bilan 65 ta deputatlik o‘rniga umid qilishi mumkin. O‘rinlarning taqsimlanishida saylovlarda eng kamida 7 foiz ovoz va respublikaning 7 ta viloyati hamda Bishkek va O‘sh shaharlarida 0,7 foizdan kam bo‘lmagan ovoz to‘plagan partiyalar ishtirok etishi mumkin.
Saylovlar jarayonini 43 ta davlatdan 277 nafar kuzatuvchi kuzatmoqda. Ularning aksariyati MDH mamlakatlari vakillari hamda KXShT kuzatuvchilaridir.