Qirg‘izistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qanday talab qo‘yilgan

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishFlag Kirgizstana
Flag Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
PZR test natijalari bo‘lmagan taqdirda yoki koronavirusning klinik alomatlar mavjud bo‘lganda Qirg‘iziston hududiga kirish taqiqlanadi.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Qirg‘iziston hukumatining qaroriga ko‘ra, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR testi natijalari taqdim etilgandan so‘ng Qirg‘izistonga uchadigan samolyot bortiga chiqishga ruxsat etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Qirg‘iziston chegarasini avtomashinalarni o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tishda so‘nggi 120 soat ichida o‘tkazilgan COVID-19 uchun PZR testining manfiy natijalarini taqdim etishi shart.

Kontrolno-propusknoy punkt  na granitse c Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini ochdi

Tegishli test natijasining talab qilingan muddati obyektiv sabablarga ko‘ra tugagan taqdirda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar borgan joyida PZR testidan o‘tishi kerak bo‘ladi. PZR test natijalari bo‘lmagan taqdirda yoki koronavirusning klinik alomatlar mavjud bo‘lganda Qirg‘iziston hududiga kirish taqiqlanadi.

Vazirlik Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga buni inobatga olishni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temir yo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi. Shuningdek, “Uzbekistan Airways” Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytiradi. O‘zbekiston fuqarolarining Qirg‘iziston hududiga kirishiga 1-sentabrdan boshlab ruxsat berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0