Belarusdagi YeI davlatlari elchilarining bir qismi maslahatlashuv uchun chaqirib olinmoqda

Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada Polsha va Litva davlatlariga Belarusda diplomatik vakolatxonalarni qisqartirish taklif qilingan edi.

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Yevropa ittifoqi davlatlari elchilarining bir qismi Belarusdan maslahatlashuv uchun chaqirib olinmoqda, bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
YeI mamlakatlari Belarus muxolifatini qo‘llashdan nima manfaat ko‘radi - ekspert fikri

"EEAS (Yevropa tashqi aloqalar xizmati) va YeI a’zolari bo‘lgan davlatlar bilan kelishgan holda – biz Belarus Respublikasida bo‘lib turgan elchilarning bir qismini maslahatlashuv uchun chaqirib olish qarorini qabul qildik", – deyiladi xabarda.

Aynan qaysi mamlakatlar o‘z diplomatik vakolatxonalarini chaqirib olishlariga aniqlik kiritilmagan.

Elchilarning chaqirib olinishi

O‘tgan haftada Belarus TIV tomonidan Litva va Polshaga Belarusdagi diplomatlar sonini qisqartirish, shuningdek, maslahatlashuv uchun chaqirish taklif etilgan edi. Bundan tashqari, Minsk, 5-oktabrlan boshlab ushbu davlatlardagi o‘z elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi.

Belarus TIV xabariga ko‘ra, "bu holat ushbu davlatlar tomonidan bo‘layotgan ochiq destruktiv (buzg‘unchilik) faoliyati bilan bog‘liq.

Litva va Polsha hukumati ushbu shartlarni bajarish masalasini ko‘rib chiqmayotgani haqida bayonot bergan edi, ammo dushanba kuni Litva o‘z elchisini chaqirib olish qarorini qabul qilgan ma’lum bo‘ldi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na seremonii inauguratsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi

Elchixona shtatini qisqartirmaslik bo‘yicha kelishuvga erishilmadi.

Protestlar va ayblovlar

Belarusda protestlar aksiyasi 9-avgustda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan so‘ng boshlangan edi – ularda, MSK ma’lumotlariga ko‘ra, 80%dan ortiq ovoz olgan Lukashenko g‘alaba qozongandi.

Belarus hukumati ko‘p marotaba aksiyalar chet eldan turib muvofiqlashtirilayotgani haqida bayonot bergan. Prezident Aleksandr Lukashenko G‘arb mamlakatlarini respublika ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvda aybladi va tartibsizliklar AQShdan yo‘llanma olayotgani, muvofiqlashtirish ishlari esa Litva, Polsha, Ukraina va Chexiyadan turib amalga oshirilayotganini aytdi.

O‘tgan haftada Yevropa ittifoqi Minskka qarshi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi va 40ga yaqin Belarus hukumati vakillari kiritilgan "qora ro‘yxatni" chop etdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ro‘yxatdan o‘rin olmadi.

Minsk Belarus Yevropa hukumati organlari vakillariga nisbatan viza sanksiyalarini kiritishini xabar qildi, ammo belarus hukumati hozircha uni e’lon qilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0