"UzAutoMotors" bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

© UzAuto MotorsUzAuto Motors otkrivayet rinok poderjannix avtomobiley
UzAuto Motors otkrivayet rinok poderjannix avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud boshlanishida "UzAuto Motors" AJ vakili sudga majlisni yopiq tarzda o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma kiritgan.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Toshkent shahar ma’muriy sudida "UzAutoMotors" ustidan avtomobillarga qo‘yilgan narxlar bo‘yicha appelyatsiya arizasini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi.

UzAuto Motors otkrivayet rinok poderjannix avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobillar narxini pasaytirishning imkoni yo‘q - UzAuto Motors

Ma’muriy ish sudya G‘. Davlatov raisligida ko‘rilmoqda, bugungi sud majlisida taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi, deyiladi Oliy sud xabarida.

Sud ishi boshida arizachi - "UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyati vakili sudga sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma kiritgan.

Iltimosnoma yuzasidan taraflar fikri so‘ralgach, sud mazkur iltimosnoma ishni ko‘rish jarayonida taraflar tomonidan davlat siri bilan bog‘liq maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar sud muhokamasida ko‘rilishi uchun taqdim etilganidan so‘nggina muhokama qilinishi uchun ochiq qoldirilgan va sud ishni mazmunan ko‘rib chiqishni boshlagan.

Kompaniya UzAuto Motors nachala primenyat novie sveta vo vsex modelyax avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto narxlarini 10%ga tushirishni buyurdi

Dastlab so‘z navbati "UzAuto Motors" AJ vakiliga taqdim etilib, vakil o‘z vajida javobgar - O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazilgan tekshirish jarayonida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qarori noto‘g‘ri tadbiq etilganligi, "UzAuto Motors" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarga narxlar shakllantirilishida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi qarori tadbiq etilishi lozimligi, jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning narxini kelishish jamiyatning Kuzatuv kengashi vakolatiga kirishi to‘g‘risidagi vajlar bildirib o‘tilgan.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motorsga nisbatan ish qo‘zg‘adi

Shuningdek, arizachi vakili tomonidan O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan "Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 18-bandi talablari buzilgan holda qaror qabul qilinganligi, chunki Maxsus komissiya yig‘ilishini o‘tkazishni boshqa kunga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnoma kiritilgan bo‘lsada, "UzAuto Motors" AJga yozma fikr va dalillarni taqdim etish huquqi cheklanganligini bildirdi.

Javobgar vakili tomonidan arizachining vajlariga nisbatan fikr-mulohazalari tinglanganidan so‘ng, mazkur vajlarga nisbatan qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishi to‘g‘risida fikr bildirildi va sud muhokamasi taqdim etilgan qo‘shimcha dalillarni o‘rganish hamda sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish uchun kiritilgan iltimosnoma yuzasidan hujjatlarni o‘rganish uchun keyinga qoldirildi.

Keyingi sud majlisi 2020-yil 9-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0