Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motorsga nisbatan ish qo‘zg‘adi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin deputat Kusherbayev Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga Uzavtomotors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablariga rioya etishi, xususan, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar tannarxi shakllanishi asosliligi yuzasidan axborot berish haqida deputatlik so‘rovi yuborgan edi

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAuto Motorsga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

UzAuto Motors otpravila avtomobili skoroy pomoshi v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors deputatga javob qaytardi

Sal oldin deputat Rasul Kusherbayev Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga deputatlik so‘rovi yuborgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi UzAuto Motors AJning joriy yil mart oyida bir qator yengil avtomobillar narxini oshirishi saylovchilar va jamoatchilik vakillari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Shu munosabat bilan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari hisoblangan deputatlar R.Kusherbayev, D.G‘aniyev, N.Jumayev tomonidan "Parlament nazorati" shaklida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Sh.Sharipovga tegishli deputatlik so‘rovi yuborildi.

UzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors faoliyatini tanqid qildi

So‘rovda Hukumat topshirig‘i doirasida UzAuto Motors AJ tomonidan "Raqobat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va ko‘rilgan choralar haqida asoslantirilgan axborot berish hamda qo‘mitaning avtomobillar narxini aholining harid qobiliyatiga moslashtirish yuzasidan nuqtayi nazarini bayon etish talabi qo‘yilgan.

Shundan so‘ng Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAuto Motors AJda vakolat doirasida tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha UzAuto Motorsda "Raqobat to‘g‘risida" Qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

"Yuqoridagilarni inobatga olib, UzAuto Motors AJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0