Rossiyaga kimlar va qanday qilib kirishlari mumkin?

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPassajiri v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova
Passajiri v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra elchixonadan ruxsatnoma olishi shart emas.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i Abduaziz Xafizov Rossiyaga kimlar va qanday qilib kirishlari mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston
“Nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi”: Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi osonlashadi

Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2020-yil 16-martdagi 635-r-sonli qaroriga ko‘ra joriy yilning 18-martidan boshlab Rossiya Federatsiyasiga quyidagi horijiy fuqarolar kirishiga ruxsat berilgan:

- Rossiya Federatsiyasi hududidagi akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarning xodimlari, halqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalari, shuningdek, ushbu shaxslarning oila a’zolari;

- halqaro avtomobil yo‘nalishidagi xaydovchilar, xavo, dengiz va daryo kemalarning ekipajlari, halqaro yo‘nalishdagi temiryo‘l poyezdi va lokomativ brigadalari;

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar haqida yangi qonun nimaga olib keladi? - ekspertlar fikri

- rasmiy delegatsiya a’zolari;

- yaqin qarindoshining vafoti sababli viza olgan shaxslar;

- Rossiya Federatsiyasida doimiy yashovchi shaxslar;

- havo yo‘llari orqali tranzit yo‘nalishida harakatlanuvchilar.

Xorijiy fuqarolar Rossiya Federatsiyasiga kirishi uchun yuqoridagi asoslardan biriga ega bo‘lishi, COVID-19 koronavirus test topshirgani va 72 soat davomida amal qiluvchi manfiy PZR-test natijasi haqida  ma’lumotnoma, shuningdek, Rospotrebnadzor saytida www.rospotrebnadzor.ru e’lon qilingan anketaning to‘ldirilgan shakli bo‘lishi lozim.

Predsedatel komissii po migratsii Soveta po delam natsionalnostey pri Pravitelstve Moskvi Yuriy Moskovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Nega fuqarolikni olish ham migrantlar, ham Rossiyaga foydali – ekspert

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra elchixonadan ruxsatnoma olishi shart emas.

Rossiya chegarasidan o‘tishda o‘qish yoki ishlash maqsadi, shuningdek, vaqtinchalik (RVP) va uzoq muddat (VNJ) yashash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ham asos xisoblanmaydi, ya’ni oddiy qilib aytganda ushbu toifadagi shaxslar Rossiyaga vaqtincha bora olishmaydi.

Shu munosabat bilan, fuqarolardan Rossiyaga borishda nomalum shaxslarning har xil asoslanmagan takliflariga ishonmasliklari so‘raladi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0