Suriyada eng samarali mudofaa vositasi deb topilgan "Pansir" endi harbiy dengiz flotida

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum "Armiya-2019". Den tretiy
Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2019. Den tretiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada eng yuqori jangovar samaradorlikni namoyish etgan, Rossiyaning "Pansir" zenit-raketa va pushka tizimi yaqin orada Rossiyaning Boltiq harbiy dengizi flotida xizmatga kirishadi.

"Pansir" zenit-raketa va pushka tizimi birinchi bo‘lib "Odinsovo" kemasi sinovdan o‘tdi. Odinsovo Kichik raketa kemalari (KRK) suvda bog‘langan holdagi sinovlari boshlandi - mutaxassislar asosiy elektr uskunasi, hayotni ta’minlash tizimlari, radionavigatsiya va kemaning boshqa tizimlarining ishlashini tekshirmoqdalar. Dengiz sinovlari aprel oyida boshlanadi va 2020-yil oxiriga qadar bortida eng so‘nggi havo mudofaa tizimi o‘rnatilgan "Odinsovo" kichik raketa kemasi Rossiya Boltiq dengizi flotining jangovar kuchlari tarkibiga kiradi. Harbiy-dengiz kuchlarining yuqori qo‘mondonligi 2026-yilga qadar 18 ta shunday kemani qurishni rejalashtirmoqda (22800 loyihasi).

Perviy kompleks S-350 Vitaz razmestat v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylariga yangi S-350 zenit raketa tizimi taqdim etildi

"Pansir"ning quruqlikdagi versiyasi Suriyada eng yuqori jangovar samaradorlikni namoyish etib, eng yaxshi havoga qarshi mudofaa tizimlaridan biri sharafiga sazovor bo‘ldi. Uning dengiz versiyasi bazaviy namunasining fazilatlarini meros qilib kuchaytirdi.

"Pansir-ME" bir minora ichida joylashtirilgan kuchli artilleriya va ko‘p rejimli raketa qurollarini, radar-optik boshqaruv tizimini birlashtirgan dunyodagi yagona tizimdir.

Ushbu majmua bir vaqtning o‘zida soniyasiga 1000 metrgacha tezlikda uchayotgan bir nechta nishonga zarba berishga qodir. Va kemani 20 km radiusda (havo mudofaa gumbazining balandligi 15 kilometr) barcha zamonaviy qanotli raketalari, tovush tezligidan kemaga qarshi raketalardan, aviabombalar va dronlardan ishonchli himoya qiladi.

Dengiz "Pansir"ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri analogi yo‘q va yaqin kelajakda kutilmaydi ham. Ushbu universal havoga qarshi mudofaa tizimining eksport salohiyati juda katta.

Cheksiz imkoniyatlar

"Pansir" ning dengiz modifikatsiyasining paydo bo‘lishi davrning jiddiy talabidir. So‘nggi yillarda havo nishonlarining imkoniyatlari (tezlik va halokat xususiyatlari) o‘sib bormoqda va ularning hajmi va sezilishi pasaymoqda. Arzon dushman dronlariga qimmat S-300 yoki S-400 raketalarini sarflash mantiqan noto‘g‘ri. Akademik A.G. Shipunov nomidagi Tula konstruktorlik burosining metallda mujassamlashganixcham konsepsiyasi, havo nishonlarining barcha hillarini optimal tarzda - 20 kilometrdan kemaning yonigacha bo‘lgan masofada yo‘q qiladi.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada S-400 raketa zenit tizimi sinovdan o‘tkazilishi boshlandi - video

"Pansir-ME" avtomatlashtirilgan zenit raketa pushka tizimlari tahdidlarga deyarli bir onli (3-5 soniya davomida) javob berishni ta’minlaydi. Raketalar kema korpusida yashirinmagan, aksincha tashqarida, doimo jangga shay. Kompleks 90 daraja sektorda bir vaqtning o‘zida to‘rtta obyektga raketa zarbasini berishi mumkin. Raketalar nishonlarni ajraladigan jangovar qismlar bilan (po‘lat sterjenlar buluti) zarba beradi. Kalibri 30 millimetr bo‘lgan ikkita olti stvollik pushka bir daqiqada 5000-marta o‘q otishi jangovar qobiliyatni sezilarli darajada kengaytiradi. Zarbani boshqarish tizimi fazali panjarasi bilan integratsiyalashgan, havo nishonlarini va o‘z raketalarini kuzatib boradi, uchish apparatlarining hatto kichik qismlarini ham ajratib turadi. Uch radar - optik, uzoqdan aniqlash (50 kilometrgacha) va nishonni kuzatish - deyarli ko‘r joy yo‘q. Agar dushman havodan hujum qilsa, majmua kuchli raketa qurollari bilan nishonlarga ishlay boshlaydi - 20 km distansiyada va balandligi 2 metrdan 15 kmgacha. To‘pdan 4 kmdan (balandligi - 0 dan 3 km gacha) yaqinroqqa uchib kelgan nishon urib tushiriladi. Agar nishon yarim tonnalik havo bombasi bo‘lsa, uni "Pansir" faqat artilleriya bilan yo‘q qiladi.

Kichik kemalar (suvda xajmlanishi 500 tonnadan ortiq bo‘lgan) uchun qisqa masofali zenit-raketa majmuasi yetarli bo‘ladi. Bu tizim asosiy sinfdagi barcha  harbiy kemalariga mos keladi. Kema zarba berish guruhida (KUG), kompleks kollektiv havo mudofaasiga birlashtiriladi. Yirik kemalarga bir nechta "Pansir-ME" jangovar modullari joylashtirilishi mumkin, ularning har biriga qirqta ikki pog‘onali, qattiq yoqilg‘i tezlatgichi va parchali urish moslamasilik zenit raketalari o‘rnatilgan.

Kelajakka nazar

Dengiz "Pansir" tizimi ishonchli dengiz havo qoplashni strategik maqsadlarini ta’minlaydi, chunki Odinsovo kichik raketa kemasida Kalibr-NK zarba berish kompleksi va 2600 km masofagacha uchadigan 8 ta qanotli raketasi mavjud. 22800 loyihasining dahshatli kichik raketa kemalari 2500 milgacha (15 kunlik avtonomlik) yurish qilish imkoniyatiga ega. Darvoqe, "Pansir-ME" ZRPK tizimi dengiz ofatlaridan juda yaxshi himoyalangan va uning modulli tuzilishi uni boshqa mamlakatlarda qurilgan kemalarga ham o‘rnatishga imkon beradi.

Zenitnie raketnie kompleksi C-400 - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdagi mashqda ilk bor S-400 zenit raketa tizimidan foydalaniladi

Osmonni boshqargan kishi dengizda va quruqlikda janglarda g‘alaba qozonadi. Zamonaviy dunyoda ishonchli havoga qarshi mudofaa qurollari – hujum qurollarining (shu jumladan strategik yadro qurollari) jangovar barqarorligining asosidir. Rossiya texnologiyalari va ushbu sohadagi yechimlar dunyodagi eng yaxshi komplekslar va tizimlarni yaratishga imkon beradi. Hatto NATO mamlakatlari Rossiyaning S-300 havo mudofaa tizimlarini (Gretsiya) va S-400 (Turkiya) uzoq masofali havo mudofaa tizimini sotib olishmoqda. O‘rta va qisqa masofadagi S-350, "Buk", "Tor", "Kinjal", "Osa", "Sosna", "Tunguska", "Verba" zenit-raketa tizimlari ham juda mashhur.

Shu kabi "asboblar" ning bunday keng tanlovi har qanday murakkablik va chuqurlikdagi ishonchli havoga qarshi mudofaa tizimini yaratishga imkon beradi, ammo "Pansir" kelajakka qadam bo‘lib, unda har bir kompleks tahdidlarga (sun’iy intellekt orqali) moslashuvchan tarzda javob beriladi va o‘zida bir nechta texnologik prinsiplar va zarar yetkazuvchi qismlarni birlashtiradi.

Uch turdagi radarga ega raketa-pushka konfiguratsiyasi kuchaytirish uchun ochiq, masalan, dron yoki sun’iy yo‘ldosh orqali nazorat qilish tizimi, elektromagnit (lazer) shikastlash vositalari va boshqalar hali keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan tizimlar bilan kuchaytirilishi mumkin.

"Pansir-ME" havoga qarshi mudofaa tizimining seriyali ishlab chiqarilishi Rossiyada 2017-yil yozida boshlangan. Tez orada kompleks Sankt-Peterburgdagi Xalqaro dengiz salonida, Defexpo India - 2018, IDEX-2019 qurol ko‘rgazmalarida namoyish etildi va dengiz kuchlari mutaxassislari, shu jumladan NATO mamlakatlari mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

"Pansir"ning quruqlikda harakat qiluvchi mobil versiyasi haqida batafsil videolavhani quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0