TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Rossiyalik siyosatchi, LDPR fraksiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy o‘zining Telegram-kanalida Belarusdagi vaziyatga izoh berdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yuzida "MDH hududida eng so‘nggi bolshevik ketmoqda", dedi Jirinovskiy o‘z bayonotida.
Siyosatchi, shuningdek, SSSR qulagach, Rossiya siyosati o‘zining samarasizligini ko‘rsatayotganini bildirdi.
"Muloqotlar vaqti o‘tdi, o‘ta qat’iy harakat qilish kerak", - deb aytgan deputat.
Siyosatchi, "SSSRni siyosiy rejim sifatida emas, balki barcha hududlarni qaytarish kerak", degan fikrni bildirgan.
"Hech qanday respublikaga o‘rin yo‘q, hammasini Rossiya tarkibiga kiritish kerak", - degan Jirinovskiy o‘z fikri yakunida.