Xitoyda bolalarni zaharlagan bog‘cha tarbiyachisi o‘limga hukm qilindi

© AP Photo/Ng Han GuanPolitseyskiy stoit pered zdaniyem bivshego konsulstva SShA v Chendu, provinsiya Sichuan, Kitay
Politseyskiy stoit pered zdaniyem bivshego konsulstva  SShA v Chendu, provinsiya Sichuan, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudning qayd etishicha, ayol nitrit natriy odamlar uchun xavfli bo‘lishini bilgan holda ikki marotaba o‘ch olish maqsadida bu moddadan foydalangan. Van Yun, ko‘plab bolalar u zaharlagan bo‘tqani iste’mol qilishlarini bilgan, ammo bu ham uni to‘xtata olmagan.

TOShKENT, 29 sen – RIA Novosti. Xitoyning Xenan provinsiyasi Szaoszo shahri o‘rta darajadagi xalq sudi bolalarning zaharlanishi tufayli bog‘cha tarbiyachisini o‘lim jazosiga hukm qildi, deya xabar qiladi sud hujjatlariga tayangan holda RIA Novosti.

Izbiyenie jenshini iz naroda achex po zakonam shariata - Sputnik O‘zbekiston
Bruney sultonligida gomoseksualizm va zino uchun o‘lim jazosi kuchga kirdi

Ayblanuvchi Van Yun "Menmen" bolalar bog‘chasida faoliyat yuritgan va o‘sha vaqtda o‘rta guruhning Sun familiyali tarbiyachisi bilan o‘rtalarida nizo chiqqan. Ayol hamkasbidan o‘ch olishga qaror qiladi va 2019-yilning 27-mart sanasida Sun qaraydigan guruh bolalari uchun mo‘ljallangan bo‘tqa ichiga nitrit natriy moddasini aralashtiradi. Oqibatda 25 nafar bola kasalxonaga yotqiziladi, ulardan biri keyinchalik kasalxonada vafot etadi.

Berlin, Reyxstag binosi - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya: o‘lim jazosi mavjud mamlakat YeIga a’zo bo‘la olmaydi

Surishtiruv davomida Van Yun shaxsiy muammolarini hal qilish payida bundan oldin ham nitrit natriy moddasidan foydalanganligi ma’lum bo‘ladi. Xususan, 2017-yilda ayol maishiy muammolar tufayli eri bilan janjallashib qoladi va erkakdan o‘ch olish maqsadida Van Yun 2017-yilning fevralida internet orqali nitrit natriyni xarid qilib, uni bir stakan suv ichiga aralashtiradi. Bu suvni ichgan erkakda zaharlanish holati yuz beradi, ammo bu organizm uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Sudning qayd etishicha, ayol nitrit natriy odamlar uchun xavfli bo‘lishini bilgan holda ikki marotaba o‘ch olish maqsadida bu moddadan foydalangan. Van Yun, ko‘plab bolalar u zaharlagan bo‘tqani iste’mol qilishlarini bilgan, ammo bu ham uni to‘xtata olmagan.

Sud shuningdek, Van Yunning jinoiy motivlari xuddi amalga oshirilgan va og‘ir oqibatlarga olib kelgan jinoyat singari "qabih"ligini ta’kidlab, shu bois, ayol qonunga muvofiq o‘ta keskin jazolanishi kerakligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0