O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

© Foto : Jaxongir XayitovV Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana
V Moskve startovali profkursi dlya migrantov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda 1-yil muddatga beriladi

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. O‘zbekistonda mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i Abduaziz Xafizov ma’lum qildi.

Grajdane Uzbekistana v stixiynom palatochnom lagere na stansii Pervomayskaya - Sputnik O‘zbekiston
Rostovda vatanga qaytar chog‘ida 33 yashar o‘zbekistonlik vafot etdi

"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi", - deydi Xafizov.

Ta’kidlanishicha, 2021-yil 1-yanvardan:

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi"ga kiritilgan kam ta’minlangan oila a’zosi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;

mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda 1-yil muddatga beriladi;

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 15-dekabrgacha imtiyozlar beriladi

mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Eslatib etamiz, bungacha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishga joylashish xarajatlarini qoplash maqsadida bir yil muddatga 2 million so‘m miqdorida mikroqarzlar taqdim etiladi.

Bunda mikroqarzlarni rasmiylashtirish jarayoni bir bank kunida amalga oshirilib, buning uchun pasport, ariza kabi minimal hujjatlar talab qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0