TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi o‘zini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha u vafot etgan. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lum qildi.
"2020 yil 19-sentabr kuni hamurtlarimizni maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida yo‘lovchilardan biri – 1987-yil 13-sentabrda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi R.J. "Lixaya" stansiyasi old tomonidagi maydonda o‘zini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha u vafot etgan", - deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach, R.J. sog‘ligi yomonlashgani sababli 14 sentaabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan "Lixaya" stansiyasiga olib borilgan.
Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan.
Marhumning jasadi charter reys orqali O‘zbekistonga jo‘natilgan.