"Oq oltin mavsumi": O‘zbekistonning mashhur insonlari paxtani qanday terishganini esga olishdi

© Sputnik / Denis AbramovSbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae
Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda paxta terimi mavsumi boshlanganiga ancha bo‘ldi. Respublikaning mashhur kishilari o‘z vaqtida paxtani qanday terganlari va mavsum bilan bog‘liq xotiralari bilan o‘rtoqlashishdi

 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirova: "Bizga non yeyish mumkin emas edi..."

Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil paxta terimchilarining maoshi qanday bo‘ladi?

1987 yillar... 17 yoshli xoreografiya maktabida o‘qib yurgan qizaloq bo‘lganman. Shu maktabda 9-yil o‘qigan bo‘lsam, bir martagina u ham bo‘lsa, murojaat bo‘lganligi uchun bizni paxtaga olib borishgan. Xoreografiya maktabi o‘quvchilariga vaznni bir meyorda saqlab turish kerakligi bois, haddan ortiq to‘yib ovqatlanish, non yoki shu kabi kaloriyali mahsulotlarni yeyish man etiladi. Shu bois paxtaga borgach, hech narsani o‘ylamay, mazza qilib non yeganim hamon yodimda. Paxta terib bo‘lgach, kechki payt konsertlar, ko‘ngilochar dasturlar uyushtirilardi. Ammo u darajada qiynalmaganmiz, o‘yin-kulgi qilib qaytib kelganmiz. O‘shanda ilk marotaba paxta terishning o‘ziga yarasha mashaqqatini bilganman.

O‘zbekiston Xalq artisti Mehri Bekjonova: "Men paxtada shef povar edim..."

"Mannon Uyg‘ur" nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutining 3-kursida o‘qib yurgan paytlarim paxtaga konsert dasturi taqdim etish uchun borganmiz. Chunki teatr cholg‘uchilari yoki qo‘shiq kuylaydigan asrtistlarni sovuqda oyog‘idan zax o‘tib, tomog‘i bo‘g‘ilib qoladi, deb paxta tergizishmagan. Ammo maktabning 6-sinfida o‘qib yurgan paytlarimda dalaga chiqib paxta terganimiz yodimda. Ilgari bilsangiz, sovuqda ham paxta terish juda avjida bo‘lgan. Biz noyabr, dekabr oylarigacha paxta terar, kech tushgach daroning narigi tomoniga kemalar orqali o‘tib, dala shiyponlarida yotib qolardik. Yuqori sinf bo‘lgach esa men dalada ishlaganman. Paxta terganim evaziga olgan pullarim ham esimda. Terim nihoyasiga yetib, yil yakunida hisobot olardik. O‘sha paytlarda kolxoz idorasi bo‘lardi, shu yoqqa borib, terim haqiga 322 so‘m olganman. U paytda bu pulning qiymati katta bo‘lgan. Dalada ko‘pincha meni "qo‘li shirin" deb oshpaz qilib qo‘yishar, har kuni uchta sinf uchun ovqat pishirib "shef povar" bo‘lib ketganman. Shuningdek, yaxshi terimchi bo‘lganim ham esimda, 100 kg, 80 kg, ba’zida  kech tushguncha 100 kilodan oshirib ham paxta terganman. Yaxshi terimchi deb meni atay paxta ko‘p bo‘lgan egatlarga tushirishardi. Yaxshi terimchilarga sovg‘alar, mukofot pullari berishardi. Etak-etak og‘ir, suvli ko‘saklarni ham terib, uyga olib kelib, chuvir edik. Chuvilgan paxtalarning suvi qurigach, kolxozchilar olib ketishardi.

Denejnie kupuri: yevro i dollari - Sputnik O‘zbekiston
Paxta terish mashinalarini sotib olish uchun kreditlar ajratiladi

Yana bir narsa esimga tushib ketdi, bir gal odatdagidek uchta sinf o‘quvchilari uchun ovqat tayyorlayman deb qozonga yog‘ soldim, yonimdagi sherik sinfdoshim esa o‘choq ostiga o‘t qalab turdi. Unga "hali masalliqlar tayyor emas, ko‘p o‘t qalama, yog‘ yonib ketadi" deyishimga qaramay, quloq solmadi va o‘tinning yonishiga qiziqib, o‘choqqa o‘t qalayverdi. Shunda kutilmaganda qozondagi yog‘ gurillab yonib ketsa bo‘ladimi, uch sinf tushliksiz qolib ketgan. O‘quvchilik paytimda o‘g‘il bola fe’l-atvorli qiz bo‘lganman (kuladi), haligi bolani rosa kaltaklaganman.  Terimdan charchasak, katta-katta daraxtlarga chiqib olib o‘tirardik, yoki bir birimizning ismimizni abadiylashtirib, M+G, L+N = do‘stlar deb yozib qo‘yardik. Hali ham o‘sha daraxtlar qolganmikan, bilmayman....

O‘zbekiston Xalq artisti Rixsi Ibrohimova: "100 kg paxta teraman deb egat ichida adashib qoldim..."

1955-1956 yillarda Bo‘ka tumaniga paxta tergani borish uchun hozirgi Alisher Navoiy kinoteatri joylashgan yerda yig‘ilganmiz. Hamma xursand, qiy-chuv... O‘shanda Mannon Uyg‘ur nomidagi teatr va rassomchilik institutining 1-kursida o‘qir edik. Kimdir o‘zi bilan qop olgan, kimdir matodan etak olib kelgan. Adashmasam oktbar oylari edi... paxtalar egatlarda bo‘yimiz baravar baland-baland bo‘lib o‘sardi, ichiga kirsak, boshimiz ko‘rinmay ketardi. Egatlarda adashib ketmaslik uchun boshida o‘sgan paxtalarning ustiga belgi qo‘yib ketardik. Terim vaqtida kim ko‘p terarga musobaqa o‘ynardik, shu bois 20-30 kilo paxta tergan odam uchun bu sharmandalik edi. 100 kilo terganlarni esa kechga yig‘ilib, nomini e’lon qilishardi. Paxta terish juda qiyin bo‘larkan, tirnoqlarimizning ichigacha tikan kirib, qo‘llarimiz qavarib, qonab ketardi. U paytlarda kunlar hozirgidek sovuq bo‘lmagan ekan, biz shlyapalarni kiyib olib, paxta terar,  egatlar orasida onda-sonda duch kelgan tarvuz yoki qovunnni qavarib, kir bo‘lib ketgan qo‘llarimiz bilan yorib, egat ichida yeb o‘tirardik.

Paxta-2020: mehnat haqi, imtiyozlar va shart-sharoitlar - Sputnik O‘zbekiston
Paxta: mehnat haqi, imtiyoz va shart-sharoitlar

Etaklarimiz paxtaga to‘lib, tizzalarimizgacha osilib qolar edi. Men uzog‘i bilan 50 kilogacha paxta terardim. U paytlarda qancha pul to‘lashgan eslolmaymanku-ya, lekin agar yeydigan ovqatimizning haqiga yetmasa, shu puldan ushlab qolishardi. Ko‘pincha sho‘rva bilan boqishgan. Qoplarda bo‘lka non olib kelishar, ustidagi "garbushka"si qisir-qisir qilib, shirin bo‘lardi. Biz ana shu nonlarni sho‘rvaga bo‘ktirib, mazza qilib yer edik. Hozir go‘shtning narxi sakson ming so‘m bo‘lsa, o‘sha paytlarda biz go‘shtsiz umuman ovqat yemaganmiz.

Yana esimda, hammaning uyidan sovg‘a-salomlar, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar  kelib turardi. Paypoqlarimiz yirtilib, uydan kelgan paypoqlarni kiyib olardik, qalin ro‘mollarni belimizga bog‘lab olib javlon urib, paxta terardik. Yuzlarimiz qorayib, sovuqda yorilib, tilinib ketgan. Terimdan qaytgach qo‘yxona, molxonada qator qilib o‘rin solib hammamiz o‘sha yerda yotib uxlardik.

Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Ayrim tumanlarda qo‘lda terilgan paxta uchun ustama haq to‘lanadi

Eng ko‘p paxta terganlarni ism familyasini uzun ro‘yxat qilib yozib qo‘yishardi. Shunga qiziqib, men ham 100 kilo qilib teraman deb egatga tushvoldim. To‘lgan etakni esa egatning har joyida to‘kib ketaverdim. Shom tushib, g‘ira-shirada hamma ortiga qaytsa ham men qaytmadim. Oxiri charchab,  qaytaman desam, tergan paxtalarimni egatning qaysi joylariga qoldirganimni eslolmay adashib qolganman.  Ertasiga bir amallab paxtalarni qolgan joylardan topib o‘lchasak, 98 kg tergan ekanman. Shunda, ikki kg paxtani o‘zlaridan qo‘shib yozishib, kechki payt, "mana Rixsi qizim 100 kg paxta terdi" deb e’lon qilgan.

A’zam Obid (Shoir va tarjimon): "Tabelchi bo‘lsam-da, adolatli edim..."

Men 1991-yilda Namangan davlat universitetida o‘qib yurgan paytlarimda paxta terimiga borganman. Ko‘pchilik paxta terish qiyin deydi, lekin men uchun bu juda qiziqarli va zavqli ish edi. U paytlarda majburlab paxtaga olib borish degan gap yo‘q edi. Ko‘pchiligimiz kitobsevar bo‘lganmiz, paxta terish bahonasida kitob o‘qib, qiziqarli sahna ko‘rinishlar tayyorlab ko‘ngilochar bazmlar uyushtirardik. Misol uchun qishda qor yoqqan paytlarda qiyin edi, azonda ham paxta tergan paytlarimiz bo‘lgan. Ba’zilar paxtadan qochishga urinib kasalligi to‘g‘risida soxta ma’lumotnomalar tayyorlab olib borishsa kular edim. Chunki o‘zim "paxtaga" desa "labbay" deb birinchilardan bo‘lib borardim. 3-4 kurs talabalik davrim... qiziqib, 100 kilodan ortiq paxta terib,  qo‘llarim yorilib qonab ketgan paytlar ham bo‘lgan. Kursdoshlarim xayron qolishardi, sen shaharlik bo‘lsang, qanday qilib paxtani buncha yaxshi terasan deb. O‘qishni bitirgach, hamma hayotda o‘z yo‘lini topib ketdi. Lekin paxta terimining bitta yaxshi tomoni shu ediki, terim bahonasida talabalar jipslashardi, hamma bitta ota-onaning farzandlaridek, inoq, qalin do‘st bo‘lib ketardi.  

Tekstilnoe proizvodstvo v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tuzilmoqda

Ovqatlarning sifati o‘z yo‘liga, lekin konsertlar, diskoteka, KVNlar uyushtirilar, madaniy hordiq chiqarib, zerikish u yoqda tursin, charchoq nimaligini unutar edik. Yana qiziq holatlardan biri,  paxtani kam terganlar xazillashib yoki atay etak ichiga tosh, kesak solib, og‘irroq qilib ko‘rsatish degan gaplar ham bo‘lib turardi. Men o‘zim oq narsaga qora narsani qo‘shishni yoqtirmaganim uchun bunaqa ish qilmaganman, paxtani haqqoniy terganman. Qolaversa, tabelchi bo‘lganim uchun avvalo o‘zim egatga tushib ketib, boshqalarga terimni boshlab berardim, "men tabelchimanku, nazorat qilsam bo‘ldida" deya bo‘sh o‘tirmas edim.

Yangiliklar lentasi
0