TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Paxta hosili terimini mexanizatsiyalashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining “Agrobank”ning ustav kapitalidagi ulushi 50 mln AQSh dollariga oshiriladi.
Ushbu mablag‘lar paxta-to‘qimachilik klasterlariga va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mahalliy paxta terish mashinalarini sotib olishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar ajratish uchun yo‘naltiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hududlardagi paxta terish mashinalariga talabgorlarning aniq ro‘yxatini shakllantiradi.